َﻦﻳِﺮِﻏﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ َﻚﱠﻧِإ ْجُﺮْﺧﺎَﻓ ﺎَﻬﻴِﻓ َﺮﱠﺒَﻜَﺘَﺗ ْنَأ َﻚَﻟ ُنﻮُﻜَﻳ ﺎَﻤَﻓ ﺎَﻬْﻨِﻣ ْﻂِﺒْهﺎَﻓ َلﺎَﻗ ) ١٣ ( (Alloh) aytdi: «Undan (jannatdan) chiq! U yerda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! Albatta, sen haqirlardandirsan».( A’rof, 13.) 78 Kibrning yomonligini, oqibati xorlikka olib borishini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday ta’riflaganlar:
«Kimki, Alloh uchun kamtarlik qilsa, Alloh uni ko‘taradi. Kimki, takabburlik qilsa, Alloh uni tushiradi». 3. Ma’naviy poklik zarurati. Alloh taolo o‘z kitobida Odamni oddiy tuproqdan yaratganligini eslatib turib,
unga o‘zining ruhidan puflab, jon ato etganini bayon qiladi:
ٍﻦﻴِﻃ ْﻦِﻣ اًﺮَﺸَﺑ ٌﻖِﻟﺎَﺧ ﻲِّﻧِإ ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻠِﻟ َﻚﱡﺑَر َلﺎَﻗ ْذِإ ) ٧١ ( ﻲِﺣوُر ْﻦِﻣ ِﻪﻴِﻓ ُﺖْﺨَﻔَﻧَو ُﻪُﺘْﻳﱠﻮَﺳ اَذِﺈَﻓ َﻦﻳِﺪِﺟﺎَﺳ ُﻪَﻟ اﻮُﻌَﻘَﻓ ) ٧٢ ( «Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: «Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman. Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so‘ng, unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!».(Sod, 71-72.) Ruh haqida olimlar juda ko‘p kitoblar yozganlar, fikrlar aytganlar.(Ibn Qayyim al-Javziy. «Ar-ruh». Dorul-fikr. 1986. 336-bet. Ushbu ktob bu sohada yozilgan mukammal asarlarning biridir.) Shunga qaramasdan uning
mohiyati haqida inson to‘liq tasavvurga ega emas. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
ﻼﻴِﻠَﻗ ﻻِإ ِﻢْﻠِﻌْﻟا َﻦِﻣ ْﻢُﺘﻴِﺗوُأ ﺎَﻣَو ﻲِّﺑَر ِﺮْﻣَأ ْﻦِﻣ ُحوﱡﺮﻟا ِﻞُﻗ ِحوﱡﺮﻟا ِﻦَﻋ َﻚَﻧﻮُﻟَﺄْﺴَﻳَو ) ٨٥ ( «(Ey Muhammad), Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh faqat Rabbimning ishidandir».