Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Idris (a.s.)ning tug‘ilgan joylari xususida ulamolar turli fikrlar aytganlar. Ba’zilarining so‘zlariga qaraganda,
Idris Misrda tug‘ilganlar. Misrliklar u kishini «Hirmus al-haromisa» deb nomlaganlar. Yunonchasiga Armis,
ibroniychada Xanux, arabcha Axnux, Allohning kalomida esa Idris deyiladi
.
(Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al
Qur’anil Karim. 56-bet.)
Ulamolarning yana bir guruhlari shunday deydilar: «Idris (a.s.) Bobilda tug‘ilganlar, shu yerda o‘sganlar.
Dastlabki ilmni Shis ibn Odamdan o‘rganganlar va xalqni Odam(a.s.) va Shis (a.s.)ning shari’atlariga da’vat
qilganlar. Idris (a.s.)ga kam odam itoat qildi, ularni olib Misrga keldilar. Misrda o‘zlariga tushirilgan o‘ttiz
sahifalik shari’at dasturi bilan qavmni butparastlikdan qaytardilar, to‘g‘ri yo‘lga chaqirdilar. Qobilning avlodlari
esa Allohning payg‘ambarini pisand qilmay, har xil yomonliklardan zavqlandilar. Idris (a.s.) ular bilan jang
qilishga buyurildilar. Ularning ustidan g‘olib kelib, haq dinni ular orasiga yoydilar.
Idris (a.s.) zamonlariga qadar odamlar hayvonlar terisidan kiyim kiyishar edi. Idris (a.s.) esa matodan
birinchi bo‘lib kiyim tikkan tikuvchi bo‘ldilar. Hayvonlarning yungidan bo‘lgan matoni ayollar qo‘l bilan to‘qir
edilar.
Qalam bilan birinchi marta yozuv yozgan, birinchi marta tosh-tarozu ishlatgan ham Idris (a.s.)dirlar.
Idris (a.s.) o‘simliklardan dori tayyorlab, turli kasalliklarni davolar edilar.
Dunyoviy ilm bilan diniy ilmni shogirdlariga qo‘shib o‘rgatgan birinchi muallim ham Idris (a.s.)dirlar.
Abu Zar al-G’iforiy aytadilar:
«Menga Rasululloh (s.a.v) dedilar:
«Ey Abu Zar, mursal payg‘ambarlarning
Dostları ilə paylaş: