اًرﺎﱠﺒُآ اًﺮْﻜَﻣ اوُﺮَﻜَﻣَو ) ٢٢ ( َثﻮُﻐَﻳ ﻻَو ﺎًﻋاَﻮُﺳ ﻻَو اًّدَو ﱠنُرَﺬَﺗ ﻻَو ْﻢُﻜَﺘَﻬِﻟﺁ ﱠنُرَﺬَﺗ ﻻ اﻮُﻟﺎَﻗَو اًﺮْﺴَﻧَو َقﻮُﻌَﻳَو ) ٢٣ ( «(Qavmim) juda katta makr qildilar. (O’zlariga ergashgan kimsalarga): «Sizlar o‘z ilohlaringizni sira tark etmanglar! «Vad»ni ham, «Suvo‘»ni ham, «Yag‘us»ni ham, «Ya’uq»ni ham va «Nasr»ni ham sira tark etmangizlar!» - dedilar».(Nuh, 22-23) Ularni hidoyatga chaqirish uchun Alloh taolo Nuh (a.s.)ni payg‘ambar(Imom Buxoriy va Imom Muslim sahihlarining «Shafoat» bobida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan, Nuh alayhisalom Yer ahliga yuborilgan birinchi payg‘ambar ekanliklari rivoyat qilingan. Ba’zi ulamolar ushbu hadisni ta’vil qilganlar va Odam hamda Idrisdan keyin uchinchi payg‘ambar ekanligini aytganlar. Abu Zarr Al-G’iforiy rivoyat qilgan hadisda esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Odam, Shis, Idris va Nuhni suryoniy mursal payg‘ambar ekanliklarini ta’kidlaganlar) qilib yubordi.
ْﻟَأ ْﻢِﻬﻴِﻓ َﺚِﺒَﻠَﻓ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ﻰَﻟِإ ﺎًﺣﻮُﻧ ﺎَﻨْﻠَﺳْرَأ ْﺪَﻘَﻟَو ُنﺎَﻓﻮﱡﻄﻟا ُﻢُهَﺬَﺧَﺄَﻓ ﺎًﻣﺎَﻋ َﻦﻴِﺴْﻤَﺧ ﻻِإ ٍﺔَﻨَﺳ َﻒ َنﻮُﻤِﻟﺎَﻇ ْﻢُهَو ) ١٤ ( «Biz Nuhni o‘z qavmiga (payg‘ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, ularni zolim (kofir) bo‘lgan hollarida to‘fon balosi tutdi» (Ankabut, 14.) Nuh (a.s.) qavmlariga o‘zlarini tanishtirib shunday dedilar:
ٌﻦﻴِﺒُﻣ ٌﺮﻳِﺬَﻧ ْﻢُﻜَﻟ ﻲِّﻧِإ ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ) ٢ ( ِنﻮُﻌﻴِﻃَأَو ُﻩﻮُﻘﱠﺗاَو َﻪﱠﻠﻟا اوُﺪُﺒْﻋا ِنَأ ) ٣ (