Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
َنﻮُﻠَﻌْﻔَﻳ اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻤِﺑ ْﺲِﺌَﺘْﺒَﺗ ﻼَﻓ َﻦَﻣﺁ ْﺪَﻗ ْﻦَﻣ ﻻِإ َﻚِﻣْﻮَﻗ ْﻦِﻣ َﻦِﻣْﺆُﻳ ْﻦَﻟ ُﻪﱠﻧَأ ٍحﻮُﻧ ﻰَﻟِإ َﻲِﺣوُأَو
)
٣٦
(
َنﻮُﻗَﺮْﻐُﻣ ْﻢُﻬﱠﻧِإ اﻮُﻤَﻠَﻇ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﻲِﻓ ﻲِﻨْﺒِﻃﺎَﺨُﺗ ﻻَو ﺎَﻨِﻴْﺣَوَو ﺎَﻨِﻨُﻴْﻋَﺄِﺑ َﻚْﻠُﻔْﻟا ِﻊَﻨْﺻاَو
)
٣٧
(
«Nuhga vahiy qilindi: «Qavmingdan hozirgacha imon keltirganlardan boshqa endi hech kim imon
keltirmas. Bas, ularning qilayotgan ishlari tufayli tashvish chekmagin! «Ey Nuh, bizning nazoratimiz va
buyrug‘imiz bilan kema yasagin, menga zolimlar uchun najot so‘rab murojaat qilmagin, albatta ular
g‘arq bo‘ladilar» (Hud,36-37.)
-
deb maxsus bir kema yasashga buyurdi.
Nuh (a.s.) yog‘och-taxtalarni yig‘ib, chekka bir joyda kema yasay boshladilar.
Yaqin masofada dengiz ham,
daryo ham yo‘q bir joyda falokatning bo‘lishini oldindan bilib kema yasashga urinishlari va misli ko‘rilmagan
hajmdagi katta kemani eski ustalardek yasayotganlari Nuh alayhissalomning payg‘ambarlik mo‘‘jizalari edi.
Qavmlari buni ko‘rib, Nuhni masxara qilib, ustilaridan kula boshlashdi.
«Ey Nuh, bugungacha payg‘ambarlik da’vosini
qilgan eding, endi duradgor ustaga aylanibsan-da!
Payg‘ambarlikdan voz kechdingmi yoki duradgorlikka qiziqib qoldingmi?» dedilar. Ba’zilar esa: «Yaqinda
dengiz yoki daryo bo‘lmasa, kemangni havoga aytib ko‘tartirasanmi?» deb istehzo qildilar. Kema mukammal
bitgandan keyin Alloh taolo Nuh (a.s.)ga:
Dostları ilə paylaş: