Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
Alloh
taolo Odamga bergandek, uning zurriyotiga ham o‘zining ruhidan berdi. Bu ruh sababidan ularda ham
yaxshi
sifatlar, adolat va ehson mavjud. Iblis esa doimiy ravishda insonni yomonlikka boshlaydi. Shu yerda
Allohning imtihoni boshlanadi. Banda ruhning
ezgulikka boshlashi bilan, shaytonning badbaxtlikka yetaklashi
orasida sinovdan o‘tadi. Shu sababli inson sinov muddatida Iblisning tuzog‘iga tushib
qolmasligi uchun Alloh
taolo uni hushyorlikka chaqiradi:
ْﻢُﻜَﻟ ُﻪﱠﻧِإ ِنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ِتاَﻮُﻄُﺧ اﻮُﻌِﺒﱠﺘَﺗ ﻻَو ﺎًﺒِّﻴَﻃ ﻻﻼَﺣ ِضْرﻷا ﻲِﻓ ﺎﱠﻤِﻣ اﻮُﻠُآ ُسﺎﱠﻨﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎَﻳ
ٌﻦﻴِﺒُﻣ ﱞوُﺪَﻋ
)
١٦٨
(
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﺗ ﻻ ﺎَﻣ ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻠَﻋ اﻮُﻟﻮُﻘَﺗ ْنَأَو ِءﺎَﺸْﺤَﻔْﻟاَو ِءﻮﱡﺴﻟﺎِﺑ ْﻢُآُﺮُﻣْﺄَﻳ ﺎَﻤﱠﻧِإ
)
١٦٩
(
«Ey odamlar, yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va shaytonning izlaridan ergashmanglar!
Albatta, u sizlarning aniq dushmaningizdir. U sizlarni faqatgina yomonlik va buzuqlikka va Alloh
sha’niga bilmagan narsalaringizni gapirishga buyuradi».(Baqara, 168-169.)
Shayton qiziqtiradigan va tezlaydigan narsalardan eng zararlisi qimor va aroqxo‘rlikdir.
Bu ikki tuban
narsaga mukkasidan ketgan odamlar hayotda doim muhtojlikda, xorlikda yashaydilar:
ِءﺎَﺸْﺤَﻔْﻟﺎِﺑ ْﻢُآُﺮُﻣْﺄَﻳَو َﺮْﻘَﻔْﻟا ُﻢُآُﺪِﻌَﻳ ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا
«Shayton sizlarni faqir bo‘lib qolishdan qo‘rqitadi va doim fahsh ishlarga buyuradi». (Baqara, 268.)
Shuning uchun Alloh taolo shaytonning asosiy quroli bo‘lgan va isrofgarchilikka sabab bo‘ladigan
bu ikki
narsani musulmon kishiga harom qildi:
Dostları ilə paylaş: