Hud va Solih qissalaridan dars va ibratlar Alloh taolo Qur’oni karimda qissa qilib bergan ikki payg‘ambar qavmining faoliyatida bir necha ibratlar bor:
1. Ma’ishatda e’tidol (me’yor)da yashash lozim. Alloh taolo payg‘ambari Hud (a.s.)ning tillaridan
insonlarga shunday xitob qiladi:
َنﻮُﺜَﺒْﻌَﺗ ًﺔَﻳﺁ ٍﻊﻳِر ِّﻞُﻜِﺑ َنﻮُﻨْﺒَﺗَأ ) ١٢٨ ( َنوُﺪُﻠْﺨَﺗ ْﻢُﻜﱠﻠَﻌَﻟ َﻊِﻧﺎَﺼَﻣ َنوُﺬِﺨﱠﺘَﺗَو ) ١٢٩ ( «Sizlar har bir tepalikka o‘yin-kulgi uchun bir belgi (baland binolar) quraverasizlarmi?! Go‘yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?!»(Shuaro,128-129.) َﻦﻴِﻨِﻣﺁ ﺎَﻨُه ﺎَه ﺎَﻣ ﻲِﻓ َنﻮُآَﺮْﺘُﺗَأ ) ١٤٦ ( ٍنﻮُﻴُﻋَو ٍتﺎﱠﻨَﺟ ﻲِﻓ ) ١٤٧ ( ُﻌْﻠَﻃ ٍﻞْﺨَﻧَو ٍعوُرُزَو ﺎَﻬ ٌﻢﻴِﻀَه ) ١٤٨ ( َﻦﻴِهِرﺎَﻓ ﺎًﺗﻮُﻴُﺑ ِلﺎَﺒِﺠْﻟا َﻦِﻣ َنﻮُﺘِﺤْﻨَﺗَو ) ١٤٩ ( «Sizlar tinchgina bu yerdagi narsalarga, bog‘laru buloqlarga, ekinlar va novdalari muloyim xurmo daraxtlari ichiga mangu qo‘yib qo‘yilurmisiz?! Yana zukkolik bilan tog‘lardan uylar ham yo‘nmoqdasizlarmi?!».(Shuaro, 146-149.) Insonlar balandlik joylarni tanlab olib, xuddi dunyoda abadiy yashaydigandek, u yerga behisob mablag‘ni
sarflab, salobatli imoratlarnisoladilar. Bu imoratlarda xotirjam va rohatda uzoq umr yashamoqni orzu qiladilar.
Ammo bu orzu ko‘pam amalga oshavermaydi.
Birinchidan, shunday imorat-qasrni barpo qilish uchun katta mablag‘ni topish lozim bo‘ladi. Buning sa’yu
harakatida inson rohatini ham, sog‘ligini va yoshligini ham yo‘qotadi. Ko‘p hollarda bunday katta mablag‘ni
topishda harom aralashib qoladi, jinoyatga qo‘l uriladi. Qasr-binolar rohatxona emas, musibatxonaga aylanadi.
Ikkinchidan, insonning hozirgi davrdagi umri juda qisqa bo‘lib, imoratdan foydalanib, rohatda yashaydigan
umri, uni bitirish uchun sarf qilgan umridan oz bo‘ladi.
Uchinchidan, umrini ham, boyligini ham dunyo imoratiga sarf qilib yuborib, oxiratda o‘ziga sadaqai joriya
bo‘ladigan, borguncha jannatda qasr-bog‘larga aylanib turadigan ezguliklar imoratini solishga bo‘lgan
imkoniyatini boy beradi.
Alloh taolo bu xitobni Hud payg‘ambarning qavmiga qilgan bo‘lsa ham, Qur’oni karimning barcha xitoblari
Qiyomatgacha yashab o‘tadigan insonlarga, ya’ni bizlarga hamdir.