1. Bachchavozlik tuban illat va undan saqlanish lozim. Bachchavozlik gunohlarning eng kattasi, eng
iflosi bo‘lib, uni havaskorlik yuzasidan qilinmaydi, balki erkakning mijozi buzulishi natijasida mubtalo bo‘lgan
eng iflos kasallikdir. Bu kasallik jamiyatga tez tarqaluvchi va uni axloqan buzuvchi narsa bo‘lib, insonlarni
hayvonlar ham qilmaydigan pastkashlikka o‘rgatadi.
Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida bachchavozlarni juda haqoratli nomlar bilan atagan:
َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا َﻦِﻣ َناَﺮْآﱡﺬﻟا َنﻮُﺗْﺄَﺗَأ ) ١٦٥ ( ْﻢُﺘْﻧَأ ْﻞَﺑ ْﻢُﻜِﺟاَوْزَأ ْﻦِﻣ ْﻢُﻜﱡﺑَر ْﻢُﻜَﻟ َﻖَﻠَﺧ ﺎَﻣ َنوُرَﺬَﺗَو َنوُدﺎَﻋ ٌمْﻮَﻗ ) ١٦٦ ( «Sizlar olamlardan farqli ravishda erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Hamda Rabbingiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar».(Shuaro, 165-166.) Bu manfur odatga o‘rgangan qavmni Allohtaolo haddan oshgan-tajovuzkor deb nomlayapti.Ular Allohning
shari’atiga tajovuz qilyaptilar va o‘zlariga jazoni chaqiryaptilar.
َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا َﻦِﻣ ٍﺪَﺣَأ ْﻦِﻣ ﺎَﻬِﺑ ْﻢُﻜَﻘَﺒَﺳ ﺎَﻣ َﺔَﺸِﺣﺎَﻔْﻟا َنﻮُﺗْﺄَﺗَأ ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ َلﺎَﻗ ْذِإ ﺎًﻃﻮُﻟَو ) ٨٠ ( ْﻢُﻜﱠﻧِإ َنﻮُﻓِﺮْﺴُﻣ ٌمْﻮَﻗ ْﻢُﺘْﻧَأ ْﻞَﺑ ِءﺎَﺴِّﻨﻟا ِنوُد ْﻦِﻣ ًةَﻮْﻬَﺷ َلﺎَﺟِّﺮﻟا َنﻮُﺗْﺄَﺘَﻟ ) ٨١ ( «Lut o‘z qavmiga dedi: «Shunday yomon fahsh ishni qilasizlarmi? Sizlardan oldin butun olamda hech kim uni qilmagan edi. Sizlar xotinlar qolib, shahvatni (qondirish uchun) erkaklarga «kelasiz». Ha, sizlar isrofgar qavmdirsizlar».(A’rof, 80-81.) Alloh taolo ushbu oyatda ularni «isrofgar qavm» deb atadi. Haqiqatda ham Alloh isrofgarlarni yaxshi
ko‘rmaydi va ularni jazoga loyiq topadi.