Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

ْنَأ ُﻩﺎَﻨْﻳَدﺎَﻧَو
 ُﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ ﺎَﻳ 
)
١٠٤
(
 َﻦﻴِﻨِﺴْﺤُﻤْﻟا يِﺰْﺠَﻧ َﻚِﻟَﺬَآ ﺎﱠﻧِإ ﺎَﻳْؤﱡﺮﻟا َﺖْﻗﱠﺪَﺻ ْﺪَﻗ
)
١٠٥
(
 ﱠنِإ
 ُﻦﻴِﺒُﻤْﻟا ُءﻼَﺒْﻟا َﻮُﻬَﻟ اَﺬَه
)
١٠٦
(
 ٍﻢﻴِﻈَﻋ ٍﺢْﺑِﺬِﺑ ُﻩﺎَﻨْﻳَﺪَﻓَو
)
١٠٧
(
 
«Ey Ibrohim, Darhaqiqat sen tushingni tasdiq qilding. Albatta, biz ezgu ish qiluvchilarni shunday 
mukofotlaymiz, bu sizni sinash uchun bir imtihon edi. Biz (Ismoilning) o‘rniga katta bir (qo‘chqor) so‘yishni evaz 
qilib berdik». (Vas-soffot, 104-107.)
 

Alloh taolo ota-bolaga zafarning bashoratini berdi, ularning boshlaridan katta hijron musibatini olib tashladi. 
Allohning bunday marhamatidan ota-bolaning boshlari osmonga yetdi, muhabbatlari ziyoda bo‘ldi, qalblari 
yanada imonga to‘ldi va Allohga yanada itoatliroq bo‘ldilar. 
Alloh taolo Ismoilning jonidan fido qilib so‘yishlik uchun, jannatdan qo‘chqor chiqarib berdi. Ibrohim (a.s.) 
shu qo‘chqorni qurbonlik qildilar. Ibrohim (a.s.)ning bu qurbonliklari har bir musulmonga har yil bir marta 
qilinadigan sunnat bo‘lib qoldi. 
Ibrohim (a.s.) xotinlari Hojarni o‘g‘li bilan tashlab ketganlaridan va Allohning marhamati bilan zamzam 
bulog‘idan suv chiqqanidan keyin, buloqning tepasida qushlar charx urib qolishdi. Qumlik cho‘lda 
ko‘chmanchilik qilib yurgan, asli yamanlik qabilalardan bo‘lgan Jurhum qabilasining odamlari qushlar charx urib 
turgan yerda suv borligini sezdilar. Yuborilgan odam zamzam bulog‘ining oqib turganini xabar qildi. Qabila ahli 
xursandchilik bilan kelishib, buloq yonida o‘tirgan ona va bolaga ko‘zlari tushdi va ayoldan izn so‘rab, buloq 
yoniga o‘rnasha boshlashdi. Hojar ularga ijozat bergani uchun, ular o‘z hukmlarini Hojarning ixtiyoriga 
topshirdilar va boshqa qarindoshlariga ham xabar qilib, u yerga ko‘chib kelishga da’vat etdilar. Shu bilan 
zamzam bulog‘i atrofida juda ko‘p uyli katta mahalla bunyod bo‘ldi. 
Ismoil yigit bo‘lib, balog‘at yoshiga yetdi, Jurhum qabilasi odamlaridan haqiqiy arab tilini o‘rgandi, qabila 
qizlaridan biriga uylandi. Mana shunday saodatli kunlarda o‘lim Hojarni o‘z domiga tortdi va o‘zining 
maslahatchisi, mehribonidan ajralish Ismoilni alamli qayg‘u girdobiga tashladi. 
Ibrohim (a.s.) uzoq sahroga tashlab ketgan xotinlari va itoatli o‘g‘lilarini hech xayollaridan chiqarolmas, 
shuning uchun imkon topildi deguncha Makka tarafga shoshardilar. Bir safar kelganlarida Ismoilni uyda 
uchratmadilar. Uning qaerdaligini xotinidan so‘radilar. Ismoilning xotini hayotidan shikoyat qildi, Allohning 
qismatidan noroziligini izhor qildi. Uyda yegulik narsa yo‘qligi uchun, eri ovga ketganini qo‘shib qo‘ydi. 
Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoilning xotini o‘g‘illariga munosib emasligini bildilar va xotinga: 
«Agar Ismoil kelsa, unga salom aytib qo‘yishni va uyining ostonasini o‘zgartirishi lozimligini ham 
tayinlashni» - aytdilar. 
Ismoil ovdan kelib, ko‘ngli bir nimani sezdi va xotinidan: «Uyga birov keldimi?» - deb so‘radi. Xotin bo‘lgan 
voqe’ani aytib berdi: «Bir qari kishi keldi, sening ishlaring va oilamiz bilan qiziqdi. Men unga, oilamizning 
kambag‘alligini, qiyinchiligimizni aytdim» - dedi. Ismoil darhol: «Biror gap tayinlamadimi?» - deb so‘radi. Xotini: 
«U avval sizga salom aytishimni tayinladi, keyin «uyining ostonasini o‘zgartirsin», dedi». Ismoil darhol 
tushundi: «Uyimning ostonasi sensan, otam sendan ajrashimni buyuribdilar» - dedi va xotini bilan ajrashdi. 
Oradan ko‘p o‘tmasdan Ibrohim (a.s.) yana o‘g‘illarini sog‘indilar va Makkaga ko‘rgani keldilar. Bu safar ham 
Ismoilni uydan topolmadilar. Ammo Ismoilning xotini odob bilan kutib oldi. Undan hol-ahvol so‘raganlarida, 
ayol, Allohga shukrlar aytdi, er-xotin Allohning barakoti bilan juda farovon yashayotganlarini gapirdi. Ibrohim 
(a.s.)ning bu safar ko‘ngillari xotirjam bo‘ldi. Alloh taolo o‘g‘illariga shokira, mo‘mina xotin ato etganligini bildilar 
va xotinga: «Ismoilga mendan salom aytgin. Uyining ostonasi juda munosib, uni avaylab saqlasin!» - dedilar. 
Ismoil qaytib kelganda, xotini unga: «Bir nuroniy, kelishgan otaxon keldilar, eshigimizni taqillatdilar. Uyga 
kirgach, oilaviy ahvolimiz bilan qiziqdilar. Men, yaxshi yashayotganimizni, Alloh o‘z ne’matlaridan rizqimizni 
farovon berib turganini aytdim. Shundan keyin ketayotib: «Ismoilga mendan salom aytgin, uyining ostonasini 
asrasin!» - deganlarini aytdi. Ismoil: «Bu kishi mening otam, seni asrashimni buyuribdilar» - dedi va umrining 
oxirigacha shu ayol bilan hayot kechirdi. Ismoilning zurriyotlari shu ayoldan tug‘ildi. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin