Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
49
agar istasangiz kiyimimni onamga qaytaring, toki meni eslaganda va topolmaganda kiyimimni hidlab taskin
oladi».
Ibrohim (a.s.) o‘g‘illarining otaga qilgan odobi va Allohga qilgan itoatidan zavqlanib: «Ey, o‘g‘ilcham,
Allohning buyrug‘ini bajarishda menga qanday ajoyib ko‘makchisan!» - deb, Ismoilni bag‘rilariga bosdilar,
yuzidan o‘pdilar va ota-bola bir-birlari bilan yig‘lab vido‘lashdilar.
Ibrohim (a.s.) Ismoilni yonboshga yotqizib, tomog‘iga pichoq qadadilar, ammo pichoq kesmadi.
Ismoil otasiga: Ey, otajon ko‘zingiz yuzimga tushgani uchun qo‘lingiz qaltirab kesolmayapsiz. Mening
yuzimni yerga qaratib yotqizing, shunda sizga oson bo‘ladi» - dedi. Ibrohim (a.s.) bu usulni ham qo‘lladilar,
ammo bunda ham pichoq kesmadi. Ibrohim (a.s.)ning hayratlari ziyoda, toqatlari toq bo‘lib, boshlarini ko‘tarib,
Allohga iltijo qildilar va bu vaziyatdan qutultirishni so‘radilar. Shu payt Alloh taolo xitob qildi:
Dostları ilə paylaş: