Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ىَﺮَﺗ اَذﺎَﻣ ْﺮُﻈْﻧﺎَﻓ َﻚُﺤَﺑْذَأ ﻲِّﻧَأ ِمﺎَﻨَﻤْﻟا ﻲِﻓ ىَرَأ ﻲِّﻧِإ ﱠﻲَﻨُﺑ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ َﻲْﻌﱠﺴﻟا ُﻪَﻌَﻣ َﻎَﻠَﺑ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ىَﺮَﺗ اَذﺎَﻣ ْﺮُﻈْﻧﺎَﻓ َﻚُﺤَﺑْذَأ ﻲِّﻧَأ ِمﺎَﻨَﻤْﻟا ﻲِﻓ ىَرَأ ﻲِّﻧِإ ﱠﻲَﻨُﺑ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ َﻲْﻌﱠﺴﻟا ُﻪَﻌَﻣ َﻎَﻠَﺑ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ
 َﻦﻳِﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ ُﻪﱠﻠﻟا َءﺎَﺷ ْنِإ ﻲِﻧُﺪِﺠَﺘَﺳ ُﺮَﻣْﺆُﺗ ﺎَﻣ ْﻞَﻌْﻓا ِﺖَﺑَأ
)
١٠٢
(
 
«Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey, o‘g‘ilcham, men tushimda 
seni so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y (fikr) qilishingni bir o‘ylab ko‘rgin» - 
degan edi, u aytdi: «Ey, otajon, sizga tushinggizda Alloh tomonidan buyurilgan ishni qiling. Inshaalloh, 
meni sabr qiluvchilardan topursiz». (Vas-soffot, 102.)
 
Ibrohim (a.s.) Ismoilni onalari Hojarga bildirmasdan aylantirib kelish bahonasida Makkadan Minoga olib 
borgan vaqtlarida, Ismoil otasiiga yana bir itoat belgisini namoyon qildi va dedi: «Ey, otajon, oyoq va qo‘llarimni 
mahkam bog‘lang, toki alamdan qattiq iztirobga tushib, ko‘nglinggizni ranjitmayin, kiyimlarimni yechib qo‘ying, 
toki unga qonim sachrab, savobim kamaymasin va qonni onam ham ko‘rib, hijron dardi ziyoda bo‘lmasin, 
pichoqni o‘tkirroq qiling, toki tezroq kessin va menga o‘lim azobi yengil bo‘lsin, onamga mendan salom ayting, 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
agar istasangiz kiyimimni onamga qaytaring, toki meni eslaganda va topolmaganda kiyimimni hidlab taskin 
oladi». 
Ibrohim (a.s.) o‘g‘illarining otaga qilgan odobi va Allohga qilgan itoatidan zavqlanib: «Ey, o‘g‘ilcham, 
Allohning buyrug‘ini bajarishda menga qanday ajoyib ko‘makchisan!» - deb, Ismoilni bag‘rilariga bosdilar, 
yuzidan o‘pdilar va ota-bola bir-birlari bilan yig‘lab vido‘lashdilar. 
Ibrohim (a.s.) Ismoilni yonboshga yotqizib, tomog‘iga pichoq qadadilar, ammo pichoq kesmadi. 
Ismoil otasiga: Ey, otajon ko‘zingiz yuzimga tushgani uchun qo‘lingiz qaltirab kesolmayapsiz. Mening 
yuzimni yerga qaratib yotqizing, shunda sizga oson bo‘ladi» - dedi. Ibrohim (a.s.) bu usulni ham qo‘lladilar, 
ammo bunda ham pichoq kesmadi. Ibrohim (a.s.)ning hayratlari ziyoda, toqatlari toq bo‘lib, boshlarini ko‘tarib, 
Allohga iltijo qildilar va bu vaziyatdan qutultirishni so‘radilar. Shu payt Alloh taolo xitob qildi:  

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin