ٍﻢﻴِﻠَﺣ ٍمﻼُﻐِﺑ ُﻩﺎَﻧْﺮﱠﺸَﺒَﻓ ) ١٠١ ( «Bas, Biz unga (Ibrohimga) bir halim o‘g‘il xushxabarini berdik». (Vas-soffot, 100.) Allohning irodasi bilan Hojar homilador bo‘lib, Ibrohim (a.s.)ga bir o‘g‘il tug‘ib berdi, otini Ismoil qo‘ydilar.
Baniy Ismoil qavmi Ismoilning zurriyotlaridir.
Ibrohim (a.s.)ga Hojar o‘g‘il tug‘ib bergandan keyin, Soraning izzat-nafsi toptalganday bo‘ldi, hasrat va rashk
qalbini chulg‘ab oldi, Hojarni va uning o‘g‘lini ko‘zidan uzoq qilishni Ibrohim (a.s.)dan talab qildi.
Ibrohim (a.s.)ga Allohdan izn kelgach, Soraning xohishini qabul qildilar.(Afif Abdulfattoh Tabbora.Ma’al-anbiyo fil- Qur’onil Karim. Lubnon. 122-bet.) Allohning buyrug‘i bilan kichik xotinlari Hojarni va o‘g‘illari Ismoilni olib Makkaga safar qildilar. Baytulloh
yaqinida ikkovlarini ozgina taom va ozgina suv bilan qoldirdilar va orqalariga qaytayotib shunday duo o‘qidilar:
َةﻼﱠﺼﻟا اﻮُﻤﻴِﻘُﻴِﻟ ﺎَﻨﱠﺑَر ِمﱠﺮَﺤُﻤْﻟا َﻚِﺘْﻴَﺑ َﺪْﻨِﻋ ٍعْرَز يِذ ِﺮْﻴَﻏ ٍداَﻮِﺑ ﻲِﺘﱠﻳِّرُذ ْﻦِﻣ ُﺖْﻨَﻜْﺳَأ ﻲِّﻧِإ ﺎَﻨﱠﺑَر َﺪِﺌْﻓَأ ْﻞَﻌْﺟﺎَﻓ َنوُﺮُﻜْﺸَﻳ ْﻢُﻬﱠﻠَﻌَﻟ ِتاَﺮَﻤﱠﺜﻟا َﻦِﻣ ْﻢُﻬْﻗُزْراَو ْﻢِﻬْﻴَﻟِإ يِﻮْﻬَﺗ ِسﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣ ًة ) ٣٧ ( «Ey Robbimiz, albatta men o‘z zurriyotimni Baytul-haramning yoniga, o‘simlik o‘smas biyobonga qoldirdim. Ey Robbimiz, ular nomoz o‘qisinlar. Odamlarning dillarida ularga muhabbat paydo qilgin, ularni dunyo mevalari bilan rizqlantirgin, albatta ular shukr aytadilar!».(Ibrohim, 37.) Ibrohim (a.s.) orqalariga qaytayotgan vaqtda Hojar: «Ey, Ibrohim, bu ishni o‘z xohishingiz bilan qilyapsizmi
yoki Allohning buyrug‘i bilanmi?» - deb so‘radi. Ibrohim (a.s.): «Albatta, Allohning buyrug‘i bilan» - deb javob
berdilar va Falastinga qaytib ketdilar. Hojar o‘g‘li bilan taom va suvni ichib bo‘ldi. Issiq havoda chaqaloqning og‘zi quriy boshladi va ona suv istab
Safo va Marva tog‘lari orasida bir necha bor yugurdi, tog‘ tepasidan atrofga suv qidirib alangladi. Nihoyat
Marva tog‘ining ustidan yerda yotgan Ismoilga nazar tashladi va uning yonida bir farishta qanoti bilan yerni
kavlayotganini ko‘rdi. Allohning marhamati bilan qum orasidan suv otilib chiqdi. Bu Zamzam suvi edi. Ona-
bolaning taomlari ham, sharoblari ham shu suv bo‘ldi.
Shu atrofda yamanlik ko‘chmanchi qabilalardan biri bo‘lgan Jurhum qabilasi yangi buloq chiqqanidan xabar
topib, Zamzam bulog‘i atrofiga joylasha boshladilar.
Ibrohim (a.s.)ning duolari barakotidan Makka ahli ko‘paydi va u yerga ziyorat uchun dunyoning turli
chekkalaridan odamlar kela boshladilar. Makkada mevali daraxt o‘sishiga, meva pishishiga imkon bo‘lmasa
ham, turli mamlakatlardan keltiriladigan anvoyi mevalar bilan bu muqaddas shahar ahlini Alloh taolo rizqlantirib
turibdi.
Ibrohim (a.s.) xotinlari va o‘g‘illaridan har zamonda xabar olib turardilar. Ko‘nggillari yolg‘iz shirin o‘g‘illarida
bo‘lib, uni yana bir borib ko‘rib kelish ishtiyoqida yurar ekanlar, Allohning irodasi bilan bir tush ko‘rdilarki,
Ismoilni o‘z qo‘llari bilan qurbonlik qilyaptilar. Bu tush Allohning vahiysi ekanini aniq bildilar. Uning da’vatiga
javob berish va amriga itoat etish uchun o‘sha onda o‘g‘illari Ismoilning oldiga jo‘nadilar. Ismoilga uchrashar
ekanlar, Allohning buyrug‘ini bajarishda o‘g‘illariga zo‘ravonlik qilmaslik uchun unga parvardigorning buyrug‘ini
ochiq aytib: