َﻘْﻟا ُﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ ُﻊَﻓْﺮَﻳ ْذِإَو ُﻢﻴِﻠَﻌْﻟا ُﻊﻴِﻤﱠﺴﻟا َﺖْﻧَأ َﻚﱠﻧِإ ﺎﱠﻨِﻣ ْﻞﱠﺒَﻘَﺗ ﺎَﻨﱠﺑَر ُﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإَو ِﺖْﻴَﺒْﻟا َﻦِﻣ َﺪِﻋاَﻮ ) ١٢٧ ( ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ ْﺐُﺗَو ﺎَﻨَﻜِﺳﺎَﻨَﻣ ﺎَﻧِرَأَو َﻚَﻟ ًﺔَﻤِﻠْﺴُﻣ ًﺔﱠﻣُأ ﺎَﻨِﺘﱠﻳِّرُذ ْﻦِﻣَو َﻚَﻟ ِﻦْﻴَﻤِﻠْﺴُﻣ ﺎَﻨْﻠَﻌْﺟاَو ﺎَﻨﱠﺑَر ُباﱠﻮﱠﺘﻟا َﺖْﻧَأ َﻚﱠﻧِإ ُﻢﻴِﺣﱠﺮﻟا ) ١٢٨ ( «Eslang! Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birgalikda Uy(Baytulloh) ning poydevorini ko‘tarar ekanlar, (shunday duo qildilar): Ey, Robbimiz, bizdan ushbu ishimizni qabul et. Albatta, sen eshitguvchi va dono zotdirsan. Ey, Robbimiz, bizni o‘zingga bo‘yinsunuvchi qilgin va zurriyotimizdan ham Senga itoat qiladigan ummat chiqargin! Shuningdek, bizga (hajga doir) ibodatlarimizni ko‘rsatib ber va tavbalarimizni qabul et! Albatta, Sen tavbalarni qabul etuvchi, rahmli zotdirsan». (Baqara. 127-128.) Vaqti-soati bilan Baytullohning devorlari ko‘tarilib, Ibrohim (a.s.)ning bo‘ylari yetmay qoldi va o‘g‘illariga: «Ey
o‘g‘lim, menga biror tosh topib bering, oyog‘im ostiga qo‘ymasam, tepaga bo‘yim yetmay qolyapti», - dedilar.
Ismoil (a.s.) darhol qidirib, katta bir qora toshni keltirib berdilar. Ibrohim (a.s.) shu toshni oyoqlari ostiga qo‘yib,
binoni oxirigacha bitkazdilar. Allohning baytini bitkazishda Ibrohim (a.s.) oyoqlari ostida xizmat qilgan tosh
butun dunyo hojilari tomonidan ziyorat qilinadigan toshga aylandi.
Ibrohim (a.s.) yana Ismoilga: «Ko‘rinishi chiroyliroq bo‘lgan yana bir tosh olib kel, uni Ka’ba devoriga
o‘rnatib, Ruknga ishora qilamiz» - dedilar. Jabroil (a.s.) Ruknga qo‘yish uchun «hajarul-asvad» ni eslatdilar.
«Hajarul-asvad»ni keltirib, Ka’ba devorining Rukni yamoniy tarafiga o‘rnatib qo‘ydilar.
Baytulloh bitgandan va ota-bola uni tavof qilganlaridan so‘ng Ibrohim (a.s.) Makkadagi Abu Qubays tog‘i
ustiga chiqib, insonlarni Ka’bani tavof qilishga chaqirdilar. Bu ovozni eshitgan va unga javob bergan ruhlar bu
dunyoda shu chaqiriqqa javoban Ka’baga boradilar. «Labbayka Allohumma labbayk» bu chaqiriqni eshitdik,
qabul etdik, deb u yerni tavof etgani boradilar.
Alloh taolo Ka’ba haqida shunday marhamat qilgan: «Eslang! Bayt (Ka’ba)ni odamlar uchun ziyoratgoh