unga Ishoq degan o‘g‘ilni, uning ketidan Ya’qub degan nabiraning bashoratini berdik. U(Sora): «Voy o‘lay, men qari kampir bo‘lsam, erim keksa chol bo‘lsa, qanday bola tug‘aman, shubhasiz bu qiziq narsa bo‘ldi-ku!». (Hud, 71-72.) Allohning qudratiga shak yo‘q, Ishoq otli farzand tug‘ildi.
Ishoq (a.s.) ulg‘ayib, payg‘ambar bo‘ldilar, Shom va uning atrofidagi xalqni Haqqa da’vat qilishga
buyurildilar. U kishining da’vatlari otalari Ibrohim (a.s.)ga berilgan shariat va kitob orqali edi.
Ishoq (a.s.) otalariga juda o‘xshar edilar. U kishini soqolda ko‘rgan odamlar Ibrohimning o‘zlari deb
o‘ylardilar.
Islom ulamolari Alloh taolo tomonidan qurbonlikka buyurilgan farzand Ibrohim (a.s.)ning ikki o‘g‘illaridan
qaysi biri ekanligi to‘g‘risida ixtilof qilganlar. Ba’zilari zabih Ishoq ibn Ibrohim edi, desalar, yana ba’zilari zabih
Ismoil ibn Ibrohim edi, deydilar va har ikki taraf ham o‘z so‘zlarining rostligiga dalil sifatida Payg‘ambarimiz
(s.a.v)dan hadis rivoyat qilganlar.
Ishoqni zabih deguvchilar quyidagi hadislarni keltirganlar: 1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan «Biz uning o‘rniga katta bir (qo‘chqor) so‘yishni evaz qilib berdik» oyati karimasi aytilib, zabihning kimligi so‘ralganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v):
«Zabih Ishoqdir» - dedilar.
2. Ibn Abbos dedilar: «Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ga qurbonlik qilishni buyurgan o‘g‘illari Ishoqdir».
3. Ka’bul ahbor Abu Hurayra (r.a.)ga: «Men sizga Ishoq ibn Ibrohim haqlarida so‘zlab berayinmi?» - deb
so‘radi. Abu Hurayra rozilik bildirganlaridan keyin Ka’bul ahbor dedi: «Ibrohim (a.s.) tushida o‘g‘lini qurbonlik
qilayotganini ko‘rgandan keyin, Shayton o‘ziga-o‘zi: «Agar men Ibrohim xonadonini hozir yo‘ldan urmasam,
hech qachon urolmayman» - dedi va tanish bir odam suratiga kirib, Ibrohim xonadoniga keldi. Ko‘rdiki, Ibrohim
(a.s.) o‘g‘li Ishoqni qo‘lidan yetaklab, so‘ygani olib ketayapti. Shayton vaqtni g‘animat bilib, Soraning oldiga
kirdi va unga: «Ibrohim erta tongda o‘g‘lini qaerga olib ketdi?» - deb so‘radi. Sora unga: «Biror ish bilan
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)