Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
hikoya qilinib, keyin Ibrohimga Ishoq va Ya’qubning bashorati beriladi. Shundan ma’lum bo‘ladiki, zabih Ismoil (a.s.)dirlar. 
(Afif Abdulfattoh. Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’anil Karim. Lubnon. 125-bet.)
Ishoq (a.s.) va o‘g‘illari Ya’qub (a.s.)ning hayotlari haqida Qur’oni karimda ko‘p ma’lumot berilmagan. 
Faqat, Ya’qub (a.s.)ning sevimli o‘g‘illari Yusufni yo‘qotib, uning firoqida uzoq muddat alamli hayot 
kechirganlari, ko‘p yig‘lashdan ko‘zlarining ko‘r bo‘lib qolganligi, umrlarining oxirgi yillarida bu musibatlardan 
Alloh najot berib, yo‘qolgan farzandlarini topishlari, ko‘zlarining yana ochilishi va nihoyat, o‘g‘illari Yusuf hokim 
bo‘lgan Misrga ko‘chib o‘tib, oxirgi vaqtlarigacha farovonlik, osoyishtalik va shukronalik bilan yashaganlari 
bayon etilgan. 
Ammo ahli kitoblar Ishoq (a.s.) va Ya’qub (a.s.) haqlarida quyidagi xabarlarni keltiradilar. 
Ibrohim (a.s.) o‘z umrlarining oxirlab qolganini sezganlaridan keyin, o‘g‘illari Ishoqning g‘amini yeyishga 
tushdilar. Chunki, Ishoq hali uylanmagan, Ibrohim (a.s.) esa unga Allohni tanimaydigan, oilaviy munosabatdan 
uzoq bo‘lgan kan’onlik qizlarni olib berishga ko‘ngillari yo‘l qo‘ymas edi. Shuning uchun Ibrohim (a.s.) aqlli, 
ishonchni oqlaydigan, har bir topshiriqni xo‘jasining ko‘nglidagiday bajarib keladigan bir xizmatkorni taklif 
etdilar va unga, Horonga borib, qarindoshlaridan birining qizini kelinlikka olib kelishni tayinladilar. Xizmatkor 
Horonga bordi va Allohning inoyati bilan Ibrohim (a.s.)ning akalari Batuiyl ibn Nohurning Rafiqa ismli qizini 
tanladida, uni o‘zi bilan Kan’onga olib keldi va Ibrohim (a.s.)ga topshirdi. 
Ibrohim (a.s.) jiyanlari Rafiqani o‘z o‘g‘illari Ishoqqa nikohlab qo‘ydilar. 
Ishoq (a.s.) uylangandan yigirma yil o‘tib, Rafiqa egiz o‘g‘il tug‘di. Birining ismini Iysu qo‘ydilar, arablar Iys deydilar. 
Ikkinchisining ismini Ya’qub deb qo‘ydilar. Uni Isroil (Ya’qubning ma’nosi “ergashib tushgan”dir. Egizakning biri Ya’qub 
Iysudan keyin tug‘ilgani uchun uni shunday atalgan. Ya’qubning ikkinchi nomi Isroildir. “Isro” qul demakdir. “Iyl” Allohdir. 
Demak, Isroiyl Abdulloh deganidir. Isroil Safvatulloh (Allohning tanlagan bandasi), Insonulloh (Alloh yaratgan inson), 
Mujohidulloh(Allohning jihod qiluvchi quli), Jundulloh (Allohning askari) degan ma’nolari ham bor)
ham deyilgani uchun, 
yahudiylarning barcha qabilalari Bani Isroil deyiladi. 
Iysu amakisi Ismoil (a.s.)ning Nasama ismli qizlariga uylandi va ko‘p farzand ko‘rdi. 
Ya’qubga esa otalari Ishoq (a.s.)ning vafotlaridan keyin payg‘ambarlik martabasi berildi va otalarining 
ishlarini davom ettirdilar. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin