Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

«Osmon ochiq tutun (duxon)ni keltiradigan kun» (Duxon, 10). 
 
Ibn Sayyod: «Dux», dedi (ya’ni to‘liq ayta olmadi). 
«Tur, yo‘qol! – dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam), – hech qachon 
haddingdan oshma!» 
Shunda Umar ibn Xattob dedi: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Ruxsat 
bering, uning bo‘yniga uray!» Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Agar u (haqiqatan 
ham Dajjol) bo‘lsa, hech qachon uning ustida hukmingni o‘tkaza olmaysan. Agar u 
(Dajjol) bo‘lmasa, uni o‘ldirishda sen uchun biron yaxshilik yo‘q» (Buxoriy va Muslim 
rivoyati). 
 
Olim aytadiki: «Men Ibn Umarning shunday deganini eshitganman: Shu (voqea)dan 
so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ubay ibn Ka’b Ansoriy bilan Ibn Sayyod 
yotgan xurmozorga bordilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xurmo shoxlariga 
tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo‘lib xurmozorga kirdilar. Chunki Payg‘ambar (sollallohu 
alayhi vasallam) Ibn Sayyodga o‘zlarini ko‘rsatmay turib, uning so‘zlarini eshitmoqchi 
edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning o‘z to‘shagida barxat 
yopinchig‘i ustida yotganini ko‘rdilar. U yerdan g‘o‘ng‘illagan ovoz kelardi. Banogoh Ibn 
Sayyodning onasi Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rib qoldi va Ibn Sayyodga: 
«Ey Sof, ana Muhammad», dedi (Sof – Ibn Sayyodning ismi). (Onasining so‘zlarini 
eshitgan) Ibn Sayyod o‘rnidan sakrab turdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Agar (onasi) indamaganida, uning ishi oydinlashgan bo‘lardi».
52. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), 
Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolar Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni 
uchratib qolishdi. 
– Mening Alloh rasuli ekanimga guvohlik berasanmi? – dedilar Payg‘ambar (sollallohu 
alayhi vasallam). 
– Siz meni Alloh rasuli deb guvohlik berasizmi? – dedi Ibn Sayyod. 
– Allohga, farishtalariga va kitoblariga iymon keltirdim. (Ey Ibn Sayyod) Nimalarni 
ko‘ryapsan? 
– Suv ustida turgan arshni ko‘ryapman. 
– Sen dengiz ustida Iblis arshini ko‘rgansan. (Yana) nima ko‘ryapsan? 
– Ikki rostgo‘y va bir yolg‘onchini yoki ikki yolg‘onchi va bir rostgo‘yni ko‘ryapman. 
– Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi. Qo‘yinglar uni, – dedilar Payg‘ambar (sollallohu 
alayhi vasallam) (Muslim va Termiziy rivoyati). 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin