Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Uchinchi fasl 
Dajjol hozir hayotmi?
Ajab savol. 
Javob ham ajab. 
Sahih hadislarda Masih Dajjolning Yaman dengizi orollarining birida tutqin ekani 
rivoyat qilingan. 
Yana boshqa sahih rivoyatlarda esa Dajjol sifatlarini o‘zida jamlagan kimsa haqida 
xabar berilgan. Hadislarda aytilishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
zamonlarida yashagan o‘sha kimsaning ismi Ibn Sayyod yoki Ibn Said bo‘lgan. 
Shubhasiz mazkur hadislarning hammasi ham sahih va kuchli sanadli hadislar. 
Masalaning o‘ta nozikligi, rivoyatlarni jamlash yoki birini boshqasidan og‘ir-kuchli deyish 
mushkulligi bois ulamolar turlicha fikr bildirganlar. 
Alloh taolo iznu irodasi bilan quyida mavzuga aloqador hadislarni va ulamolar so‘zini 
sanab o‘tamiz. So‘ng Alloh madadi ila, inshaalloh, bir to‘xtamga kelamiz. 
 
Tamim Doriy hadisi 
 
50. Fotima binti Qays roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Jarchining «Jamoat 
namozi» deya jar solayotganini eshitib, masjidga chiqdim. Qavmning eng oxiridagi 
ayollar safida turib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan namoz o‘qidim. 
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) namozlarini tugatgach, kulib minbarga o‘tirdilar. 
So‘ng: «Hech kim joyidan jilmasin. Sizlarni nega to‘plaganimni bilasizlarmi?» dedilar 
Nabiy alayhissalom. «Alloh va rasuli bilguvchiroqdir!» deb javob qaytardi kishilar. 
«Allohga qasamki, men sizlarni qo‘rquv yoki quvonch sababli jamlaganim yo‘q. Sabab 
shuki, Tamim Doriy nasroniy edi. U kelib bay’at berdi va musulmon bo‘ldi. Tamim Doriy 
menga bir gap aytdi. Uning so‘zlari men sizlarga aytgan Dajjol haqidagi so‘zlarga 
muvofiq kelar ekan. Tamim Doriyning aytishicha, u Laxm va juzomlik o‘ttiz kishi bilan 
birga kemaga o‘tiribdi. (Dengiz) to‘lqini ularni(ng kemasini) bir oy o‘ynabdi. So‘ng 
kunbotarda ular bir orolga yaqinlashibdilar. Kichik-kichik qayiqlarga tushib, orolga 
kelishibdi. Ularga bir qalin sochli (jundor) hayvon (maxluq) ro‘baro‘ bo‘libdi. Uning (juni 
ko‘pligidan) orqasidan oldidagi narsani bilmabdilar. 
– Vayl bo‘lsin senga! Kimsan? – deb so‘rabdilar.
– Men Jassasa bo‘laman, – deydi. 
– Nima u Jassasa? 
– Ey qavm! Sizlar (mana bu) dayr (g‘or)dagi odamning oldiga kiringlar! U 
xabaringizga mushtoq (bo‘lib o‘tiribdi). 
Maxluq ular tomon yura boshlaganini ko‘rgach, shayton-jin bo‘lishidan (qo‘rqib), 
undan uzoqlashibdilar. 
(Tamim Doriyning o‘zi) aytadi: «Biz tez yurib dayrga kirdik. U yerda bahaybat bir 
inson turardi. (Bu ulkan gavdali kishi) mahkam zanjirlangan edi. 
– Vayl bo‘lsin, sen kimsan? – deb so‘radik. 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin