Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Buxoriy, Muslim va Abu Dovud Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qilgan hadis Ibn
Sayyodning Dajjol ekaniga dalolat qiladi:
Muhammad ibn Munkadir aytadi: Men Jobir ibn Abdullohning Alloh nomiga qasam
ichib: «Ibn Sayyod Dajjol», deyayotganini ko‘rdim.
– Siz Alloh nomiga qasam ichyapsizmi?! – so‘radim undan.
– Men Umarning mana shunday deb Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida
qasam ichganini eshitganman, – dedi Jobir, – Nabiy alayhissalom uni inkor qilmagan
edilar.
Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan Ibn Umarning hadisida (51-hadis) Rasulullohning
(sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyod xususida taraddudga tushganlari – ya’ni, ochiq
bir so‘z aytmaganlari zikr qilingan. Bu ikkilanishni ikki xil sharhlaydilar:
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganlarida hali Alloh taolo Ibn
Sayyodning Dajjolligini u zotga bildirmagan edi. Alloh tomonidan Ibn Sayyodning Dajjol
ekani ma’lum qilingandan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni qasam
ichishdan qaytarmadilar.
Arablar xabarda hech qanday shak-shubha bo‘lmasa ham, ba’zan xuddi shubhalidek
gapiradilar
(Imom Shavkoniy so‘zi tugadi).
Abu Nuaym Isbahoniy fikri
Ibn Hajar aytadi: «Abu Nuaym Isbohoniy «Isbahon tarixida Ibn Sayyodning Dajjol
ekanini quvvatlaydigan bir rivoyatni keltirgan.
U Shubayldan, Hasan ibn Abdurahmondan va otasidan rivoyat qiladi: «O‘zimizga
zarur narsalarni sotib olardik. Bir kuni yahudiylar qishlog‘ida doiralar chalib xursandchilik
qilayotgan ekan. Men o‘sha yerdagi tanishimdan nima gapligini surishtirdim.
– Shohimiz tashrif buyurdi, – deydi u. – Biz uning yetakchiligida arablar ustiga yurish
qilamiz – ularni fath etamiz.
So‘ng tanishimning ayvonida tunab qoldim. Tongda turib bomdod o‘qidim. Quyosh
chiqqanida ular tomonda yana chang-to‘zon ko‘tarildi. Qarasam, boshi ustida rayhon
qubbasi o‘rnatilgan bir kishi atrofida yahudiylar daf chalib o‘yinga tushishyapti. Men
haligi odamning Ibn Sayyod ekanini ko‘rib qoldim. U shaharga kirdi va qaytib chiqmadi»
(u Qiyomatgacha qaytib chiqmaydi).
Ibn Hajar aytadi: «Abdurahmon ibn Hassonni (hadis roviylaridan biri) bilmayman,
qolgan roviylar ishonchli kishilar»
(«Fathul Boriy»dan).
Dostları ilə paylaş: