Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
68. «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hayotining
oxirgi kunlarida biz bilan
xufton namozini o‘qidilar. Salom berganlaridan so‘ng shunday dedilar: «Mana shu
kechangizni ko‘ryapsizmi? Shu kechadan boshlab yuz yil o‘tgach, bugun yer yuzida
bo‘lgan biron kishi (tirik) qolmaydi»
(Muttafaqun alayh).
Yaman orollaridan birida kishanlanib yotgan Dajjolning inson emas,
jin-shayton yoki
ins-jin hosilasi ekaniga mazkur hadis ochiq dalildir. Agar u inson bo‘lganida, 110
yilgacha o‘lgan bo‘lar edi. Bir qancha hadislarda uning to oxir zamongacha tirik bo‘lishi
rivoyat etilgan. Bu ham Dajjol haqidagi yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlaydi;
b) Dajjolning bir orolda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlaridan beri to
bugungi kungacha hech narsa yemay-ichmay tutqunlikda
yashashi ham uning inson
emasligini ko‘rsatadi. Uning taomlangani haqida hech nima deyilmagan. Vaholanki, u
hayot. Axir bu hol inson xususiyatlaridan emas. Endi Dajjolning ko‘zlardan yashirin
bo‘lishini oling. Uni Tamim Doriydan so‘ng hali hech kim ko‘rgani, ko‘ra olgani yo‘q.
Qizil
dengiz bo‘yidagi barcha orollar kashf qilingan bo‘lsa-da, hanuz Dajjolning ko‘zga
ko‘rinmasligi ham Nuaym ibn Hammod rivoyat etgan ishonchli kishilar so‘zini qo‘llab-
quvvatlovchi dalildir. Vallohu a’lam;
v) Ibn Sayyodning Abu Said Xudriyga aytgan quyidagi so‘zlari Dajjolning sof inson
bolasi emasligiga eng katta dalil hisoblanadi:
– Allohga qasamki, –
dedi Ibn Sayyod, – men uning (ya’ni, Dajjolning) o‘zini ham,
tug‘ilishini ham va hozir qaerda ekanini ham bilaman»
(Muslim rivoyati).
Ibn Sayyodning bu so‘zi o‘zining Dajjolligiga iqrori desak ham bo‘ladi. Chunki u
katta-katta sahobalar bexabar bo‘lgan Dajjolga tegishli xabarlarni bilishini aytyapti.
Unga jin-shaytoni o‘rgatgan deyish noto‘g‘ri. Ibn Sayyodning Alloh nomiga qasam ichishi
Dajjol sifatlarini g‘aybiy
eshitib bilishga emas, aynan ko‘rib – shohidi bo‘lib bilishiga
dalolat qiladi. Aslida sahobalar ham Dajjolning sifatlari orqali yaxshi bilar edilar. Lekin
Ibn Sayyod bundan yuqori darajadagi daxldorlikni da’vo qildi: «Uning tug‘ilishini
bilaman!»
Ibn Sayyodning bu so‘zini ikki xil tushinish mumkin:
Ibn Sayyod Masih Dajjolning
birinchi, ya’ni, orolga zanjirband qilinishidan oldingi tug‘ilishini nazarda tutgan.
So‘ng tug‘ilajak joyini aytgan. Bu oxir zamonda bo‘ladi. Uning oxir zamonda
tug‘iladigan o‘rni Misr yurtidagi Qavs degan makon:
Buxoriyning shayxi Nuaym ibn Hammod Ka’bul Ahbordan rivoyat qiladi: «Dajjolni
onasi Misrdagi Qavs degan joyda tug‘adi».
«Uning tug‘ilishi bilan chiqishi orasi o‘ttiz yil bo‘ladi. Dajjol haqida na Tavrot va na
Injilda hech qanday xabar nozil qilinmagan. Faqat ba’zi payg‘ambarlar kitobida bor».
Imom Ibn Hajar mazkur asar (sahobiy so‘zi)ni sahih hadisga
zid degan hujjat bilan
inkor qilgan. Hadisda hamma payg‘ambarlarning o‘z qavmini Dajjoldan ogohlantirgani
aytilgan. Yana uning (Dajjolning) chiqishidan o‘ttiz yil ilgari dunyoga kelishi ham «Ibn
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Dostları ilə paylaş: