Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
qoladi. Iso va ashoblari Allohga iltijolar qilishadi. Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujlarning 
bo‘yinlariga qurt tushiradi. Tonggacha hammalari xuddi bir kishining o‘limidek o‘ladilar. 
So‘ng Iso alayhissalom va ashoblari pastga tushishadi. Pastlikdagi har bir qarich yer 
ularning badbo‘y hidlari bilan to‘lgan bo‘ladi. Iso alayhissalom va ashoblari yana Allohga 
yolvoradilar. Alloh taolo tuya bo‘ynilaridek (katta) qush(lar)ni yuboradi. Qushlar Ya’juj 
va Ma’jujlar jasadini ko‘tarib, Alloh xohlagan joyga tashlab qaytadilar. So‘ng Alloh taolo 
bir yomg‘irni yuboradi. Undan na shahar va na qishloqdagi uy omon qoladi. Bu yomg‘ir 
yerni oynadek yuvib ketadi. So‘ng yerga amr qilinadi: 
– Mevalaringni chiqar! Barakotlaringni qaytar! 
O‘sha kuni bir jamoat anor yeb, uning po‘stlog‘ida soyalanadi. Alloh taolo sutga 
barakot ato etadi. Hatto bitta tuyaning suti bir jamoatga yetadi. Xuddi mana shu holatda 
Alloh taolo xushbo‘y shamol yuboradi. Bu shamol ularni o‘z bag‘riga oladi va Alloh taolo 
barcha mo‘min-musulmonlarning jonini qabz etadi. Yer yuzida faqat eng yomon kishilar 
qoladi. Ular odamlar ko‘z o‘ngida xuddi eshaklardek ayollariga sakraydilar (yaqinlik 
qiladilar). Ana o‘shalar ustiga Qiyomat qoyim bo‘ladi» (Muslim rivoyati). 
74. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) dedilar: «Ummatimda Dajjol chiqib qirq muddat turadi (kun, oy yoki yilligini 
bilmayman). Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U Urva ibn Mas’udga o‘xshab 
ketadi. Iso Dajjolni izlab topib o‘ldiradi. So‘ng kishilar yetti yil yashaydilar. Mana shu 
muddatda ikki kishi o‘rtasida (ham aslo) adovat bo‘lmaydi. Keyin Alloh taolo Shom 
tomondan salqin shamolni yuboradi. Bu shamol yer yuzida qalbida zarra misqolicha 
yaxshiligi yoki iymoni bor bironta ham kishini qoldirmasdan jonini oladi. Hatto 
birontangiz tog‘ning o‘rtasiga kirib olsa, uning oldiga ham kirib jonini oladi. Yerda 
yaxshilikni bilmaydigan, yomonlikdan qaytarmaydigan yomon kimsalar qoladi» (Muslim 
va Nasoiy rivoyati). 
Muddat borasidagi ikkilanish Abdulloh ibn Amr tarafidan bo‘lsa kerak. Chunki boshqa 
sahih hadislarda Dajjolning qirq kun turishi aniq aytilgan. 
75. Mujma ibn Joriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Men Rasulullohning (sollallohu alayhi 
vasallam) shunday deganlarini eshitganman: «Iso ibn Maryam Dajjolni Lud darvozasi 
yonida o‘ldiradi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan). 
76. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) aytdilar: «Ummatimdan bir toifa haq himoyasida jang qilib, to Qiyomat kuniga 
qadar zohir bo‘lib turadi. So‘ng Iso alayhissalom tushadi. Shunda musulmon toifaning 
amiri unga: «Keling, bizga (imom bo‘lib) namoz o‘qib bering», deydi. Iso aytadi: «Yo‘q, 
sizlar o‘zlaringiz bir-biringizga amirdirsiz». 
«Bu Allohning mana shu ummatga ko‘rsatgan fazlu karamidir» (Muslim rivoyati). 
Olimlar aytadilar: «Bu hol Isoning endi tushgan vaqtiga taalluqli. Keyin esa 
musulmonlarga, albatta, Isoning o‘zi imomlik qiladi. Ibn Moja rivoyat etgan boshqa bir 
hadisda shunday deyiladi: «O‘zing oldinga chiqib namozni boshlayver, – deydi Iso 
musulmonlar amiriga, – hozir sen uchun iqomat aytildi». Rojih (to‘g‘riroq) gap shuki, 
aynan o‘sha kuni musulmonlarga Mahdiy – Muhammad ibn Abdulloh imom bo‘ladi. 
Vallohu a’lam. 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Hadis zohiridan ko‘rinib turibdiki, yer Qiyomatga qadar solih bandalardan xoli bo‘lmas 
ekan. Ular o‘zlari aniq ishonadigan haqiqatning himoyasi uchun jang qiladilar. 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin