Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
62
hadislar sahih emas. Sahih hadislarda esa aynan «qirq» yil,
oy yoki kun ekani aniq
aytilmagan.
101. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Ikki nafxa orasi qirqdir!»
– Qirq kunmi? – deb so‘rashdi.
Abu Hurayra dedi:
– Xohlamadim (ya’ni, aniqlashtirishni xohlamadim).
– Qirq yilmi?
– Xohlamadim. So‘ng osmondan bir suv tushadi (yomg‘ir yog‘adi). (Hamma) xuddi
o‘t-o‘lan o‘sgani kabi o‘sib chiqadi. Insondagi bor narsa chirib bitgan bo‘ladi. Faqatgina
bitta suyak chirimaydi. U ajbuz-zanabdir. Butun yaralmish Qiyomat kunida mana shu
suyakdan qayta shakllanadi»
(Muttafaq alayh).
Muslim rivoyati esa quyidagicha: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
«Insonda
bir suyak borki, uni yer hech qachon yemaydi. Qiyomat kunida (tanalar)
undan (qayta) tiklanadi.
– Yo Rasululloh! U qanday suyak? – deb so‘rashdi sahobalar.
– Ajbuz-zanab, – dedilar Payg‘ambar alayhissalom».
Hamma biladiki, insonning butun tanasi – garchi suyaklar go‘shtdan bir oz keyinroq
chirisa-da – yo‘q bo‘lib ketadi. Hadisning sahihligi ham aniq. Rasululloh (sollallohu
alayhi
vasallam) hech qachon havoyi narsani gapirmaganlar. Naza-ringizda, hadis ma’nosi siz
bilgan voqelikka zid kelib qolmayaptimi? Balki hadisni noto‘g‘ri tushunayotgandirmiz?!
Hadisda zikr qilingan ajbuz-zanab kalimasi dumg‘aza suyagini anglatmaydi. U asliy bir
zarra va aynan mana shu zarradan inson yaraladi. Bu juda kichkina zarra bizga otamiz
Odam alayhissalomdan o‘tib kelyapti.
U shu qadar kichkinaki, bitta Odam alayhissalom
pushti kamariga butun zurriyotning asliy zarrasi joylab qo‘yilgan va ular nasldan-naslga
ko‘chib o‘tmoqda. Quyidagi sahih hadisni so‘zimiz dalili sifatida keltirib o‘tamiz.
102. Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar:
«Alloh taolo Arafa kuni No‘’monda (No‘’mon – Arafa yaqinidagi tog‘, vodiy) Odam
alayhissalom ustidan ahd-paymon oldi. U Odam alayhissalom
pushti kamaridan uning
butun zurriyotini chiqardi, ularni yaratdi va qo‘l ostiga yoyib qo‘yib bevosita gaplashdi.
Alloh dedi:
– Men sizlarning Rabbingiz emasmanmi?
– Ha (Rabbimiz o‘zingsan! Va) biz buning guvohimiz, – dedi insonlar»
(Ahmad,
Nasoiy, Ibn Abu Hotim, Hokim rivoyat qilgan).
Insonning mana shu asliy zarradan yaratilganiga yana bir dalil.
103. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Hamma odam bolasi tuproqqa yem bo‘ladi. Faqat ajbuz-zanabgina qoladi.
Yaralish ham, (qayta) shakllanish ham undandir»
(Muslim, Abu Dovud va Nasoiy
rivoyati).
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Dostları ilə paylaş: