Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc


Quyoshning mag‘ribdan chiqishi siri



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

 
Quyoshning mag‘ribdan chiqishi siri 
Oxirat olami... Dunyo olamiga nisbatan u kunbotar tarafdir. Jon bo‘g‘izga tiqilib, 
haqiqat olamiga o‘tay-o‘tay deb turganida mana shu o‘zga olamdan haqiqat quyoshi 
balqiydi. Ruh botgan tarafdan nurli yog‘dular ko‘rinadi va ana shunda tavba eshigi 
yopiladi, amallar qabul qilinmaydi. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Quyosh mag‘ribdan chiqmagunga 
qadar Qiyomat bo‘lmaydi. Quyosh mag‘ribdan chiqqach, uni ko‘rib hamma iymon 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
keltiradi. Ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan kimsaga u 
paytda (endi keltirgan) iymoni foyda bermas» (Buxoriy rivoyati. Muslim ham shu 
ma’nodagi hadisni rivoyat qilgan). 
 
Demak, quyoshning g‘arbdan chiqishi ramziy ma’noda oxirgi lahzada - jon chiqar 
chog‘ida o‘zga olamdan porlaydigan haqiqat quyoshining chiqishiga muqobil ekan. Zero, 
undan keyin faqat o‘limgina qoladi. Mo‘minning joni yengil, yumshoq olinadi. Kofirning 
ruhi esa qattiq sug‘irib olinadi. Axir xushbo‘y shamol ham mo‘minlarning jonini avaylab
ohista olmasmidi?! So‘ng ayollari ustiga xuddi eshaklardek sakraydigan fojiru kofir 
kimsalarga Qiyomat qoyim keladi va ularning joni qattiq, alamli sug‘irib olinadi. Alloh 
taolodan dunyoyu oxirat salomatligini so‘raymiz! Amiyn! 
 
Ya’juj va Ma’jujlar 
Iso alayhissalom tushib, Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng, Ya’juj va Ma’jujlar chiqadi. 
Musulmonlar hali Iso alayhissalom hukmi ostida rohat qilib yashamagan bo‘ladi. 
Biz bu davrni har bir kishi boshidan kechiradigan o‘lim oldidagi tetiklikka, uning 
naqadar qisqaligiga qiyosladik. Ya’ni, musulmonlar ozgina muddat Iso hukmi ostida 
yashaydilar. Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi esa inson jismini halok qiluvchi fano 
omillarining hujumiga ramziy bir ishoraga o‘xshaydi. Zero, xuddi Ya’juj va Ma’jujlar kabi 
bu fano omillari hujumini hech kim qaytarishga qodir bo‘lmaydi. Ya’ni, Ya’juj va 
Ma’jujlarni to‘xtatishdan hatto Iso hamda uning ashoblari ham ojiz bo‘ladilar. O‘lim soati 
yaqinlashgan vaqtda fano omillarini hech kim to‘xtatib qola olmaydi. Endi Iso 
alayhissalomning duosi bilan Ya’juj va Ma’jujlarning o‘ldirilishiga kelsak, bu ham o‘lim 
oldidagi tetiklikka ramzdir. Vallohu a’lam! 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin