Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
–
U boshini egsa, (suv) tomchilaydi. Agar boshini ko‘tarsa, undan la’ldek tomchilar
sachraydi;
– Uning boshidan xuddi (hozirgina) hammomdan chiqqanga o‘xshab (suv)
tomchilaydi;
– Unga suv tegmagan bo‘lsa ham, boshidan (suv) tomchilab turadi.
Biz nega buni dalil sifatida keltiryapmiz? Chunki uning
boshidan tomchilayotgan
tomchilar (vaholanki, hali unga suv tekani yo‘q) hayot suviga dalolat qiladi.
$oΨù=yèy_uρ
z⎯ÏΒ
Ï™!$yϑø9$#
¨≅ä.
>™ó©x«
@c©yr
“Va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo)
qildik» (Anbiyo, 30).
Dajjol chiqishining siri
Dajjol Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek kutilayotgan g‘aybiy
yomonlikdir. Qiyomat shartlaridan sanalmish uning ulkan fitnasi o‘lim mastligini
boshidan kechirayotgan kishining fitnasiga (ya’ni, fitnaga solinishiga) o‘xshaydi. Jon
berayotgan
kishi oldiga Iblis kelib, uni yahudiy yoki nasroniy bo‘lib o‘lishga da’vat qiladi,
islomida shak-shubhaga solishga urinadi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) masih Dajjol fitnasi yoniga qo‘ygan o‘lim fitnasi
mana shu edi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Parvardigoro! Men Sendan do‘zax
azobidan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan hamda Masih
Dajjol fitnasidan panoh
tilayman!»
Iblisning jon chiqar mahalda insonni fitnaga solishi Qiyomat qoyim oldidan bo‘ladigan
Dajjol fitnasiga muqobildir. Axir Qiyomat ham butun olamning o‘limi emasmi?!
Alloh taolodan dunyoyu oxirat omonligini so‘raymiz! Amiyn!
Dostları ilə paylaş: