Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Muslim ham mazkur hadis ma’nosidagi rivoyatni keltirgan. (56-hadis). 
Ibn Battol aytadi: «Agar bu ham ikkilanishga dalolat qiladi, deyishsa, unda 
quyidagicha bo‘ladi: 
Ibn Sayyodning Iso ibn Maryam o‘ldiradigan ulkan Masih Dajjol ekani noaniq bo‘lsa 
ham, har qalay uning Qiyomat oldidan chiqadigan kazzob Dajjollarning biri ekanida hech 
qanday shubha yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bunday kazzoblardan bizni 
ogohlantirib: «Qiyomat oldidan dajjollar-kazzoblar chiqadi», deganlar...» (Ibn Battol 
so‘zi tugadi) 
Lekin Hafsa roziyallohu anhoning inisi Abdullohga aytgan so‘zi ikkilanishga dalolat 
qilmaydi. Hafsa roziyallohu anho Ibn Sayyodning g‘azabini keltirmaslik lozimligini 
uqtirgan. Chunki Dajjolning chiqishiga mana shu g‘azab sababchi bo‘lardi. Hafsa 
roziyallohu anho Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) eshitgani uchun shunday 
dedi (56-hadis). Ibn Hajar Ibn Battolning oxirgi so‘zlarini shunday sharhlaydi: 
«Xulosa shuki, u (ya’ni, Ibn Battol) Ibn Sayyodni qat’iy ravishda Dajjol demagan. 
Natijada Umar, undan keyin Jobirlar (r.a.) ichgan qasam javoblari haqidagi savol yana 
o‘z o‘rnida qoladi». Ya’ni, modomiki Ibn Sayyodning Masihi Dajjol ekani hali aniq emas 
ekan, nega Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni (r.a.) qasam ichib: «Ibn 
Sayyod Dajjol», deyayotganida to‘xtatmadilar? 
Ammo Hafsa va Ibn Umar qissasida Ibn Battol ko‘zda tutgan ikkilanish aslida hech 
qanday asosga ega emas. Aksincha, dalil uning ziddiga dalolat qiladi. Aniqki, Hafsa ham, 
Ibn Umar ham (oxir zamonda chiqishi kutilayotgan) katta Dajjolni nazarda tutishgan. Bu 
haqda Ibn Hajar shunday deydi: 
«Ibn Umar va Hafsa roziyallohu anhumolar qissasida ularning katta Dajjolni nazarda 
tutganiga dalil bor. 
Abu Dovud sahih sanad bilan Muso ibn Aqabadan, u Nofe’dan rivoyat qiladi: 
«Ibn Umar aytar edi: 
Allohga qasamki, men Masih Dajjol mana shu Ibn Sayyod ekaniga hech shubha 
qilmayman» (Ibn Hajar so‘zi tugadi). 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin