5
1 - laboratoriya ishi
KVa-0,25 Gn/Dj QOZONINING ISHLASH PRINSIPINI VA
BOSHQARILISHINI OʻRGANISH
1.1.
Quyidagi ishni oʻrganishdan maqsad:
KVa-0,25 Gn/Dj
qozonining tuzilishi
qozonning ishlash prinsipi
1.2.
Umumiy ma’lumotlar
Sanoat ishlab chiqarishning yuqori sur’atlari va ijtimoiy taraqqiyoti
mamlakatning yoqilgʻi energetik majmuasining rivojlanishi uchun
issiqlik energiyasining ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qiladi.
Katta boʻlmagan issiqlik iste’molchilariga issiqlikning manbasi
boʻlib sanoat va isitish qozonxonalari xizmat qiladi. Issiqlik ta’minoti
balansida ularning salmogʻi katta qismni tashkil etadi. Yirik issiqlik
elektr stansiyalarni qurilishiga qaramay, kichik va oʻrta quvvatli qozon
qurilmalari konstruksiyalari yaxshilanmoqda va yildan yilga ortmoqda,
ularning ishonchliligi va samaradorligi ortib, quvvat birligiga metal sarfi
kamaymoqda, qurilish montaj ishlariga xarajatlari va muddatlari
qisqarmoqda.
Qozon qurilmalarida yoqilgʻi sifatida koʻmir, torf, slanes, yogʻoch
chiqindilari, gaz va mazut ishlatiladi. Gaz va mazut – issiqlik
energiyasining samarali manbalari. Ulardan foydalanilganda qozon
qurilmasining konstruksiyasi va komponovkasi soddalashadi, ularning
samaradorligi ortadi, xizmat qilishga ketadigan sarf-xarajatlar qisqaradi.
Qozon qurilmasi maxsus xonalarda joylashgan majmua
qurilmalaridan iborat boʻlib, yoqilgʻining kimyoviy energiyasini
bugʻning yoki issiq suvning issiqlik energiyasiga aylantirishga xizmat
qiladi. Har bir qozon qurilmasi alohida element - qurilmalardan iborat.
Qozonxonaning asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
suv bilan toʻldirilgan va yonish issiqligi hisobiga isiydigan
qozon.
Qozon – bu issiqlik almashinuv qurilmasi boʻlib, unda yoqilgʻining
yonish mahsulotlari issiqligini suvga uzatiladi. Buning natijasida bugʻ
6
qozonlarida suv bugʻga aylanadi, suv isitish qozonlarida kerakli
haroratlargasha qizdiriladi.
oʻtxonada yoqilgʻi yoqiladi va yuqori haroratlargacha qizigan
tutun gazlari hosil qilinadi.
yondirgich qurilmasi yoqilgʻini yoqish uchun va uning
kimyoviy energiyasini gazlarning issiqlik energiyasiga aylantirishga
xizmat qiladi.
Ta’minot qurilmalari (nasoslar, injektorlar) qozonga suvni
yetkazib berish uchun moʻljallangan.
Tutun gazlari gaz yoʻllari boʻylab harakatlanib qozon
devorlarida joylashgan quvurlarga oʻz issiqligini beradi;
tutun quvurlari yordamida tutun gazlari gaz yoʻlidan
harakatlanib, sovitilgandan soʻng atmosferaga chiqarilib yuboriladi.
1.3.
Laboratoriya qurilmasining tasnifi.
KVa-0,25Gn/Lj qozoni bosimi 0,6 MPa (6 kgs/sm2/) dan ortiq
boʻlmagan suvni haroratini 95 °C yuqori boʻlmagan darajaga yyetkazib,
yopiq isitish tizimlarida isitish, havoni maromlash, issiq suv ta’minotida
(faqat suv suvli isitgich) ishlatish uchun, shuningdek texnologik
maqsadlarda tabii`y gaz yoki suyuq yoqilgʻini yoqish uchun
moʻljallangan (ilova 1).
Qozonxona tarkibiga qozon bloki, yondirgich, avtomatika majmuasi
va bosim joʻmraklari kiradi (ilova 2).
Qozon bloki tayanch ramasiga yigʻilgan holda yetkazilib beriladi.
Shizmalar boʻyicha yetkazib berish majmuasiga kiruvshi, tashish
shartlari boʻyicha qozon blokiga oʻrnatilmagan, yondirgich, qism va
detallar alohida yetkazib beriladi.
Qozon bloki reversiv oʻtxona bilan uch yoʻllik qilib yasalgan va
oʻzidan qobiq, issiqlik quvuri va gazlarni uch yoʻlini hosil qiluvshi tutun
quvurlarini biriktirgan konstruksiyadan iborat.
Qozon blokining orqa tomonida ishga tushirish va chiqish qutilari
joylashgan boʻlib, ular oʻzaro zich toʻsiq bilan ajratilgan va umumiy
shiqariladigan qopqoqga ega. Chiqish qutisiga patrubok payvandlangan,
u gazlarni chiqarib yuborishga moʻljallangan. Qozonning oldi qismida
ham ishga tushirish qutisi mavjud, ular ikkita boʻlak va yopiq olinadigan
qopqoqdan iborat. Yuqori va pastki qobiq qismlarida maxsus lyuklar
mavjud, ular qozon blokining ichki yuzalarini tozalash va nazorat qilish
7
uchun moʻljallangan. Qozon blokining qobigʻi dekorativ yechiladigan
qoplamaga va havo izolyasiyatsiga ega.
1.1-rasm. KVa-0,25Gn/Dj qozonining umumiy koʻrinishi
Qizigan
suvning
chiqishi
Qizitilayotgan
suvning kirishi
1
5
9
0
8
1.2-rasm. KVa-0,25Gn/Dj qozonining sxemasi
1.1- jadval
KVa-0,25Gn/Dj qozonining texnik tasnifi
Yoqilayotgan yoqilgʻining turi
tabiiy gaz
suyuq
yoqilgʻi
Yoqilgʻi sarfi, m
3
/sh (kg/sh)
26
23
Ishlab chiqarish quvvati, MVt
0,25
0,25
Suvning ishchi bosimi, MPa (kgs/sm
2
)
0,6 (6)
0,6 (6)
Suvning kirishdagi harorati, °C
70
70
Suvning chiqishdagi harorati, °C
95
95
Hisobiy FIK, %
95
94
Oʻlchamlari, mm
Uzunligi
Eni
Balandligi
2770
1200
1730
2770
1200
1730
Tashiladigan blok massasi, kg
1300
Zavoddan yetkazib berish hajmidagi ogʻirligi,
kg
1430
2830
9
1.4.
Ishni bajarish tartibi:
1.
Talabalar qozonxonaning asosiy va yordamchi qurilmalari bilan
tanishadilar.
2.
Amaldagi KVa-0,25 Gn/Dj qozonining texnik tasniflari tahlil
qilinadi.
3.
Qozon va yordamchi qurilmalarda oʻrnatilgan oʻlchash asboblari
yordamida oʻlchash olib boriladi.
4.
Oʻlchov natijalari boʻyicha jadval toʻldiriladi.
5.
Olingan natijalarni qozonxona pasport koʻrsatkichlari bilan
solishtirib baholanadi va tahlil qilinadi.
1.2-jadval
Qozonning texnik tasnifi oʻlchovlarining natijalari
1.5.
Laboratoriya ishi boʻyicha hisobotning tuzilishi:
-
KVa-0,25 Gn/Dj qozonining qisqacha tarifi;
-
qozonning chizmasi;
-
oʻlchov natijalari jadvali;
-qozonning texnik tasniflarini taqqoslash tahlili boʻyicha xulosalar.
1.6.
Nazorat savollari
1.
KVa-0,25Gn/Lj qozonining konstruktiv xususiyatlari.
2.
KVa-0,25Gn/Lj qozoning oʻlchamlari.
3.
KVa-0,25Gn/Lj qozoni issiqlik tashuvchilarining qiymatlari.
4.
KVa-0,25Gn/Lj qozoniga kirishda va chiqishdagi issiqlik
tashuvchining oʻlchamlari qaysi asboblarda oʻlchangan.
Yoqilayotgan yoqilgʻining turi
tabiiy gaz
suyuq
yoqilgʻi
Yoqilgʻi sarfi, m
3
/soat (kg/soat)
Ishlab chiqarish quvvati, MVt
Suvning ishchi bosimi, MPa (kgs/sm
2
)
Suvning kirishdagi harorati, °C
Suvning chiqishdagi harorati, °C
Dostları ilə paylaş: |