chaqmoqni ko'rsatadigan va og'ir bulutlarni paydo qiladigan zotdir 13. Momaqaldiroq (ham) Unga hamd bilan tasbeh aytur. Farishtalar ham Undan qo'rqqanlaridan (tasbeh ayturlar). Chaqmoqlar yuborib, ular bilan O'zi xohlagan kimsalarni - ular Alloh xususida talashib-tortishib turgan hollarida, urar. U qattiq tadbirli zotdir. 14. Haqiqiy duo faqat Unga (qilinur). Undan o'zga - (mushriklar) duo qilayotgan (butlar) ularning birorta duosini mustajob qilmas. Illo, ular kaftlarini suvga cho'zib, u suv og'ziga yetishini kutib turgan bir kimsaga o'xshaydilar. Holbuki, u (suv) uning og'ziga yetuvchi emasdir. Kofirlarning duolari mutlaqo zoyedir. 15. Osmonlar va Yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh ixtiyoriy, xoh majburan, ertayu kech sajdani Allohga qiladilar. (Sajda oyati. ) Izoh: Har bir insonning soyasi Allohga sajda qiladi. Mo'minning soyasi o'z xohishi bilan, kofirniki esa majburan sajda qiladi. Ertayu kech iborasini keltirilishiga bois, soya ertadan kechgacha bir qisqarib, bir uzayib boradi. Shu harakatlar sajda ma'nosini beradi. 16. (Ey, Muhammad,) ayting: "Osmonlar va Yerning Parvardigori kim?", "Alloh", - deb javob qiling! "Bas, Uni qo'yib, o'zlariga na foyda va na zarar yetkazishga qodir bo'lmaydigan (but va sanam)larni do'st tutdingizmi?" - deng! Yana ayting: "Ko'r (gumroh) bilan ko'ruvchi (hidoyat topgan kishi) barobar bo'lurmi? Yoki zulmatlar bilan nur barobar bo'lurmi?" Yo ular Allohga Uning yaratishi kabi yarata oladigan butlarni sherik qilishib olganu, ular ham yaratganlar, so'ngra ularga (ikki) yaratish o'xshash bo'lib qoldimi? Ayting: "Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir va U tanho va g'olibdir". 17. (Alloh) osmondan suv (yomg'ir) yog'dirganida jilg'alar miqdori bilan oqib, (bu) sel o'z ustida