o'zlari Rahmonning zikri (Qur'on)ni inkor etuvchilardir. 37. (Haqiqatan) inson shoshqaloq qilib yaratilgandir. Yaqinda Men sizlarga o'z alomatlarimni ko'rsaturman. Bas, Meni shoshiltirmangiz! 38. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangiz (aytinglar-chi), mana shu va'da qachon bo'ladi?" - derlar. 39. Agar kofir bo'lganlar na oldilaridan va na ortlaridan olovni to'sa olmay qolishadigan, ularga yordam berilmaydigan vaqtni (qiyomat kuni shiddatini) bilsalar edi, (bu so'zlarni aytmagan bo'lur edilar). 40. Yo'q, (qiyomat) to'satdan kelib, ularni hayronu lol qilib qo'yar, bas, uni qaytarishga kuchlari yetmas, ularga (tavba uchun) muhlat ham berilmas. 41. (Ey, Muhammad,) aniqki, Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham masxara qilingan. Bas, ularning ustidan kulgan kimsalarni o'zlari masxara qilgan narsalari (Allohning azobi) qamrab olgandir. 42. Ayting: "Kechasiyu kunduzi sizlarni Rahmon (azobi)dan kim saqlay olur?!" Yo'q, ular Parvardigorlari zikridan yuz o'giruvchilardir. 43. Yoki ularda Bizdan o'zga himoya qiladigan "ilohlar" bormi?! Ular o'zlariga yordam qilishga ham qodir emaslar va ular Biz (tomon)dan ham himoya qilinmaslar. 44. Yo'q, Biz ularni (kofirlarni) va ota-bobolarini (dunyo matolaridan shunday) foydalantirdikki, hatto ularga umr uzun ko'rindi. Axir, ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni (kufr dunyosi qisqarib borayotganini) ko'rmaydilarmi?! Bas, ular g'olibmilar?! 45. Ayting: "Men sizlarni faqat vahiy bilan ogohlantirurman. (Lekin) "karlar" ogohlantirilayotgan vaqtlarida da'vatni eshitmaydilar". 46. Qasamki, agar ularga Rabbingizning azobidan andak yetsa, albatta, ular: "Holimizga voy!