1. Alif, Lom, Mim.
2. Odamlar: "Imon keltirdik", - deyishlari bilangina, sinalmagan hollarida, qoldiriladilar, deb
o'yladilarmi?!
3. Biz ulardan oldingi (imonli) kishilarni sinagan edik-ku! Bas, (shu sinov bilan va usiz ham), albatta,
Alloh (imonda) sodiq kishilarni bilur va (shuningdek,) yolg'onchilarni ham aniq bilur!
4. Yoki yovuz ishlarni qiladigan kimsalar Bizdan o'zib ketishni (qutulishni) o'ylaydilarmi?! Naqadar
yomon hukm chiqaradilar?!
5. Kimki Allohga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, bas, Allohning (belgilangan) fursati, albatta,
keluvchidir. U eshituvchi va biluvchidir!
6. Kim jihod qilsa, faqat o'zi uchun jihod qilur. Zero, Alloh (barcha) olamlardan behojatdir!
Izoh: Jihod haqida Tavba surasi, 88-oyat izohiga qaralsin.
7.Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning gunohlarini, albatta, o'chirurmiz va ularni qilib
o'tgan chiroyli amallari bilan mukofotlarmiz!
8. Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. (Ammo) agar ular sen bilmagan narsalarni (soxta
ma'budalarni) Menga sherik qilishingga zo'rlasalar, u holda ularga itoat etmagin! (Barchangiz) Menga
qaytursiz, bas, Men (o'shanda) sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini berurman!
9. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, solih bandalar (qatori)ga kiriturmiz.
10. Odamlar orasida shunday kimsalar (ham) borki, o'zlari: "Allohga imon keltirdik", - deydi-da, so'ng
Alloh (yo'li)da ozorlansa, odamlarning (bu) fitna (ozor)larini Allohning azobidek bilur. Qasamki, agar
Rabbingiz (tomoni)dan g'alaba kelsa, shubhasiz ular: "Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik", - derlar.
Axir, Alloh (barcha) olamlarning dillaridagi narsalarni yaxshi biluvchi emasmi?!
Dostları ilə paylaş: |