uch (qavat) zulmat ichida asta-sekin yaratur. Mana shu Alloh - Rabbingizdir. Hukmronlik faqat Unikidir. Undan o'zga (hech) iloh yo'q. Bas, (Unga ibodat qilmay) qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?! Izoh: Sakkiz juft chorva mollaridan murod - tuya, mol, qo'y va echkilardan erkak va urg'ochisi qo'shib hisoblaganda, sakkizta bo'lishi nazarda tutilgan. 7. Agar sizlar kofir bo'lsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U O'z bandalarining kofir bo'lishiga rozi bo'lmas. Agar shukr qilsangizlar (va imon keltirsangizlar) U sizlar uchun rozi bo'lur. Hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (ko'taruvchi)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. So'ngra qaytishlaringiz Rabbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini berur. Albatta, U dillardagi sirlarni biluvchidir. 8. Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, u Parvardigoriga tavba-tazarru bilan duo qilur. So'ngra, qachonki, (Alloh) O'z tomonidan unga biror ne'mat ato etsa, ilgari (Allohga) qilgan duolarini unutib qo'yar va (o'zgalarni ham) Allohning yo'lidan ozdirish uchun Unga "teng"larni (o'ylab) topur. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sen o'z kufring bilan (dunyoda) ozgina foydalanib qol! Albatta, sen do'zax ahlidandirsan". 9. Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qo'rqadigan va Parvadigorining rahmatidan umid qiladigan kishi (bilan boshqalar barobarmi?!) Ayting: "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo'lurmi?!" Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar. 10. (Ey, Muhammad), Mening imon keltirgan bandalarimga ayting: "Parvardigoringizdan qo'rqingiz!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
313