Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Bas, qachonki, (quloqlarni) kar qiluvchi (qichqiriq) kelganda (sur ikkinchi marta chalinganda)



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə702/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   698   699   700   701   702   703   704   705   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
33. Bas, qachonki, (quloqlarni) kar qiluvchi (qichqiriq) kelganda (sur ikkinchi marta chalinganda), 
 
34. o'sha Kunda kishi o'z birodaridan qochur.
 
35. Yana onasi va otasidan ham,
 
36. xotini-yu, o'g’illaridan ham (qochur).
 
37. (Chunki) u kunda ulardan har bir kishi uchun o'ziga yetarli tashvish bo'lur.
 
38. U Kunda (ba'zi) yuzlar yorug’, 
 
39. kuluvchi va xurram (bo'lur).
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
434
40. u kunda (boshqa bir) yuzlar uzra g’ubor bo'lur.
 
41. U (yuz)larni qarolik qoplar.
 
42. Ana o'shalar (fisqu) fujur qiluvchi kofirlarning o'zidirlar.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
435
TAKVIR SURASI 
Takvir - o'rab qo'yish. Bu yerda quyoshni o'rab qo'yilishi muroddir. Surada Qiyomat qoyim bo'lganda, quyosh 
o'rab yig’ishtirib qo'yilishi, yulduzlar, tog’lar, dengizlar va boshqa katta-kichik mavjudotlarda ro'y beradigan 
o'zgarishlar tasvirlanadi. Shuningdek, hisob-kitob jarayoni va boshqa ajib hodisalar surada o'z bayonini topadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. Quyosh o'rab qo'yilganida, 
 
2. yulduzlar ham (o'z falaklaridan) to'kilganida, 
 
3. tog’lar ham (o'z joylaridan) jildirilganida,
 
4. (qornidagi bolasi) o'n oylik bo'g’oz tuyalar ham bo'sh qo'yib yuborilganida, 
 
5. vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to'planib qolganida, 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   698   699   700   701   702   703   704   705   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin