Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
19
Hazrati Umar ham: «Men ham bundan boshqasini bilmayman, bu suraning ma’nosi 
shundan iboratdir. Asl ma’nosi shu: «Ey, Rasulim, sening vazifang tugamoqda, 
topshirig’ingni bajarib bo’lding. Rabbinga hamdu sanolar aytib, Uning mag’firatini so’ra, 
safar yaqin!» deb aytdilar. 
Qarang, o’zi yosh bola bo’lishiga qaramay, bir suraning mohiyatini chuqur anglab 
yetgan. Shu iqtidori bilan mavqei boshqalarga nisbatan baland. 
Hazrati Umar roziyallohu anhu esa Jabroil alayhissalom hadisini rivoyat qilgan kishi... 
Ya’ni insonlar, Alloh taolo ularni ko’rib turgandek ibodat qiladilar. Qanday ibodat qiladi?.. 
Taqvo bilan, taqvoga asoslangan bir ruhiy holat bilan ibodat qiladilar. Agar bir xato qilib 
qo’ysa, Alloh uni ko’rib turganini va jazolashini anglab, bordi-yu yaxshi amal bajarsa, 
uning mukofotiga sazovor bo’lishini o’ylab, shunga muvofiq harakat qiladi. Bu ham 
ehson maqomi bo’lib, ibodatni ehson yo’li bilan go’zal tarzda bajarish va Qur’oni karimda 
tavsiya qilingan taqvo ahli bo’lishdir. Ya’ni qul Allohdan qo’rqib, jazoga uchrashdan, 
do’zaxga tushib qolishdan saqlanishi, jannatga erishishni qo’ldan boy bermasligi
qiladigan ishini o’ylab qilishi lozim. 
Hazrati Umar hamma narsaga qiziquvchan va ashyoning asl ma’nosini idrok eta bilgan 
kishi edilar. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan so’radilar: «Alloh taolo Qur’oni karimda 
taqvoni ko’p amr qilgan. Taqvo o’zi nima?» Qur’oni karimni jamlagan, uni juda ham 
yaxshi bilgan olim sahobalardan biri bo’lgan Ubay ibni Ka’b roziyallohu anhu juda ham 
mazmundor javob beradilar: «Ey Umar, sen tikanli dalada yurganmican?» 
«Yurganman!» 
«Qanday qilib yurding?» 
«Etaklarimni yig’ib oldim». (Arablar uzun ko’ylak kiyadilar...) 
«Nega bunday qilding?». 
«Tikanlar etaklarimni yirtmasligi va oyog’imga tikanlar kirmasligi uchun. Oyog’imga 
tikan kirsa, qonatadi va og’ritadi». 
«Taqvo ham shunday!» - deb javob berdilar Ubay ibni Ka’b roziyallohu anhu. 
Qarang, qanday javob bermoqda? 
Tamsil
yo’li bilan, ya’ni o’xshatish bilan, esda 
qoladigan bir misol bilan tushuntirmoqda. 
Demak, taqvo tikanli bir dalada ko’ylagini yirtmasin deb, etagini yig’ib, oyog’iga tikan 
kirib qonatmasligi uchun ehtiyot bo’lib yurishga o’xshar ekan. Shunday ekan, bir 
musulmon ham hayoti davomida tikanli bir yerda yurayotgandek yashaydi. Tikan 
deganda nima nazarda tutilgan?.. Haromlar, gunohlar. Haromga yaqinlashgan inson, 
undan aziyat chekadi... Harom ishni qilsang, ma’naviyatingni yaralaysan, usti boshing 
ham ifloslanadi. Shuning uchun gunoh tikanlarini bosmasliging kerak! Gunoh tikanlariga 
ko’ylagingni ilintirmasliging lozim! Diqqat bilan yurishing darkor! Ehtiyot bo’lib yursang, 
harom ishni ham qilmaysan. Hushyor bo’lsang gunohkor bo’lmaysan. 
– Ammo, insonlar bu gunohlarni bilmaganliklaridan qilmoqdalarmi? 
Ichkilik, qimor, yolg’on, foizning (sudxo’rlikning) gunohligini hamma biladi. Bilmasdan 
qiladiganlari juda ham oz. Alloh harom qilganligini bilgan hamda tushungan holda yana 
nimaga bu gunoh ishlarni qilmoqdalar? Chunki nafsga hokim bo’lolmaganliklaridan 
o’zlarini tutolmaydilar. «O’zimni tutolmadim, nafsimga hokim bo’lolmadim, kechirasiz!», 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin