Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

Ramazonning fazilati
Alhamdu lilla’hi rabbil a’lami’n. Hamdan kasiran tayyiban muba’rakan fi’h. 
Kama’ yanbag’i’ lijala’li vajhihi’ va liazimi sulta’nih. Vassala’tu vassala’mu ala’ 
sayyidina’ Muhammadin va ala’ a’lihi va sahbihi va man tabiahu bi ihsa’nin 
ajma’i’n
20
 .
(Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd 
bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor 
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va 
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha 
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!)
21

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu aziz va muhtaram musulmon 
birodarlar! 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
Alloh taolo barchamizdan rozi bo’lsin... Bu go’zal, xayru barakotli, fayzu karamli oyning 
rahmatidan, ne’matlaridan, o’zining sevikli bandalariga taqdim etgan ikromlaridan 
bizning ham bahramand bo’lishimizni Parvardigor hammamizga nasibu muyassar 
aylasin! 
Aziz va muhtaram qardoshlar! Yaxshi bilasiz Salmoni Forsiy roziyallohu anhu 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning eng sevgan sahobalaridan edilar. Hazrat 
Rasul alayhis-salom u muborak zot haqida: «Salmon bizdandir, ahli baytimizdandir», – 
deganlar. Salmoni Forsiy roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladilar: 
Ya’ni, «Sha’bonning oxirgi kunida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizga shunday 
xutba o’qidilar: «Ey insonlar! Ulug’ va muborak bir oyning soyasi ustingizga tushdi. 
(Chunki bu kun sha’bonning oxirgi kuni, hali ramazon oyi kirmaganligi uchun shunday 
dedilar). «Shunday bir oyki, unda ming oydan afzal bir kecha bor...» 
20
Yonida apostrof belgisi (’) qo’yilgan mad harflari (cho’ziq unlilar) qoidasiga muvofiq cho’zib o’qiladi. 
21
Keyingi maqolalarda keltirilgan hamd, sano va salavotlar faqat tarjimada beriladi (Tarjimon).
Ming oydan yaxshi bo’lgan bu kecha – qadr kechasidir. Qadr kechasi ramazon oyida 
mavjud bo’lib, qaysi kundaligi yashirilgan, sir tutilgan. Sevimli Payg’ambarimiz sallallohu 
alayhi vasallam: «Ramazonning oxirgi o’n kunidagi toq kunlardan izlang», – deb aytgan 
bo’lsalar-da, aniq qaysi kunligi maxsus ma’lum qilinmagan. Ba’zan ramazonning 
boshlanishi biror kunga siljib qolishi mumkin. Shuning uchun Payg’ambarimiz sallallohu 
alayhi vasallam muborak qadr kechasini topib, undan foydalanish uchun, ramazonning 
oxirgi o’n kunini uylariga bormasdan, masjidda toat-ibodat bilan e’tikofda o’tkazardilar. 
Aziz payg’ambarimizning bu sunnatlariga jiddiy ravishda amal qilishimiz lozim. 
Aziz va muhtaram birodarlarim! Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Allohning 
rasuli, habibi – eng yaxshi ko’rgan bandasi, sayyidul avvalin val oxirin, ya’ni o’tgan va 
keladigan barcha insonlarning eng ulug’i va mukammali, sarvari anbiyo – 
Payg’ambarlarning eng yuksak martabalisi, maqomi Mahmudning sohibi... Har holati
butun umri, har soniyasi go’zal... Xulq-atvori, har so’zi va har holi go’zal bir insondir. 
Shunday bo’lsa-da, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Uch oylar kelishi bilan 
ibodatga yanada ko’proq berilardilar. Har lahzalarining o’zi ibodat bo’lishiga qaramay, 
yanada go’zalroq ibodat qilishga kirishib ketardilar. Albatta, bu bizlar uchun bir ibratdir... 
Rajab oyi kelishi bilan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam boshqa oylarga 
qaraganda yanada ko’proq ro’za tutardilar. Ramazondan ikki oy oldin keladigan rajab 
oyida rag’oib kechasi mavjud bo’lib, bu kechadan musulmonlar muborak bir oy 
kelganligini bilib, farqlab olar edilar. Bu kechada inson Allohning buyuk ne’mat va 
ikromlariga erishadi... Rajabning yigirma yettinchisida Xotamul anbiyo payg’ambarimiz 
me’rojga chiqqanlar
22
. Boshqa hech bir basharga nasib bo’lmagan eng ulug’ ne’mat – 
Alloh taoloning Oliy dargohiga chiqish va Alloh taoloni ko’rish ne’mati Rasululloh 
sallallohu alayhi vasallamga me’roj oyida nasib etgan
23

22
Bu borada boshqa xil qarashlar ham mavjud. 
23
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ummatlariga: «Alloh diydorini o’lgandan keyin ko’rasizlar»,- deb bashorat berganlar. Bu 
hadis butun insoniyatga tegishli bo’lsa ham aksar ulamolarimiz Hazrat Payg’ambarimizning Me’roj kechasida Alloh diydorini hadsiz va 
kayfiyatsiz holda ko’rganliklari haqida ittifoq qilganlar. Ba’zilar Rasululloh Xudoni qalb ko’zi bilan ko’rgan deyishsa, ayrimlari ko’z 
bilan ko’rganliklarini aytishgan. Ayrim toifa olimlarning yozishlaricha, ham qalb ko’zi bilan, ham ko’z bilan ko’rishga muvaffaq 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin