Jamiyatda oilaning o’rni. Oila saodat sarchashmasi
.
«Dunyoda jamiki narsa juft yaratilgan: Osmon va Yer, Quyosh va Oy, kecha
va kunduz,
ona qorni va qabr, hayot va o’lim, beshik va tobut...»
Hayot insonga bir marta beriladi. Inson o’zining umrini yashab o’tar ekan,
uchta narsada xato qilmasligi kerak. Shulardan bittasi – oila qurishda. Qarangki,
shu darajadagi mas’uliyatli narsa – oila. Oila ikki kishining faqat qovushishigina
emas, balki xursandlik va qayg’uda ham, boylik va kambag’allikda ham, yoshlik
va qarilikda ham hamnafas va hamfikr bo’lishidir.
Insonning kelajagi, oilaga va oilaviy munosabatga bog’liqligi
.
Oilani ta’riflamagan
faylasuf,
yozuvchi, shoir qolmagan bo’lsa kerak.
Faylasuflar oilani jamiyat yacheykasi deyishsa, yozuvchi va shoirlar goh kemaga,
goh Vatan ostonasiga qiyos qilishadi. Ularning bari – haqdir. Oila qaysi qit’a,
qaysi
mamlakatga mansub bo’lmasin avvalambor buyuk va ulug’vor vazifani – nom
qoldirishni, inson zotini davom ettirishni amalga oshiradi.
Oila qurayotgan har bir inson eng ezgu, eng sof niyatlar bilan uni quradi. Faqat
bu niyatlarni amalga oshirish yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarga ko’pchilik
bardosh bera olmaydi. Natijada oila atalmish muqaddas go’sha vayron bo’ladi.
Vayron bo’lgan oiladan esa «qalbi nogiron» farzandlar voyaga etadi.
Bu albatta
nafaqat buzilgan oila a’zolari uchun, balkim butun boshli davlat uchun katta musibat
hisoblanadi.