www.ziyouz.com kutubxonasi
6
bo’lganlar, ya’ni butun vujudlari ko’zga aylangan edi...
“...Va ham rivoyat qilur Oishai Siddiqa raziyallohu anhodinki aydilar: «Man za’ama anna Muhammadan alayhissalotu vassalamu rao
rabbahu biayni ra’sihi faqad a’zamal fir’yata». Ya’ni, har kimarsa za’m bila (tasdiqlab) aytsaki, albatta, onhazrat alayhissalotu
vassalom Parvardigorini bosh ko’zlari ila ko’rgondurlar. Bas, ul kimsa ulug’ yalg’onni paydo etibdur. Ko’z ila ko’rmadilar, balki
muborak badanlarini farqi saridin to qadamlarig’acha har zarrasi ko’z bo’lg’on erdilar. Hamai a’zolari ila mushohada qildilar. (Qarang:
Shayx Akbarobodiy. «Nodirul Me’roji turkiy». Toshkent: «Aziya» nashriyoti. 1329 hijriy-qamariy, 289- 292 betlar)
Alisher Navoiy «Lison ut-tayr»da Rasuli akramning «Mahbubi haqiqiy vaslig’a» yetganligini quyidagi baytlar orqali ta’riflagan:
Ham ko’rub jonon jamolin ko’z bila, Vaslidin ham bahra topib so’z bila, Aylabon idrok to’qson ming kalom, Lek asnosida yuz ming ehtirom. Osi(y) ummatning gunohin istabon, Borcha ahvolin tabohin istabon. Har ne istab Hayyi Mutlaqdin topib, Haq tilab, Haqdin tilab, Haqdin topib. (Alisher Navoiy. «Lison ut-tayr». Toshkent, 1991, 26-bet) (Tarjimon izohi).
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam rajabdan keyingi sha’bon oyida ham
ibodatlarini, ro’zani davom ettirar edilar.
Sha’bonning o’rtasida baroat kechasi bor. Bizlar u kechani ham o’tkazdik va mana
ramazonga ham yetdik.
Salmoni Forsiy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisi sharifni sharhlashda davom
etaman:
Dastlab, bu oyning barakotli, fayzli, muazzam bir oy ekanligini muborak so’zlari bilan
bayon qildilar. Bizga eng birinchi aytganlari, bu – ichida ming oydan ham afzalroq bir
kechasi bor bo’lgan oy, deganlaridir... Qadr kechasi Ramazonning ichida bo’lgani uchun
ham bu oyning hamma kechalarini qadr kechasi deb bilishimiz kerak. Zotan,
buyuklarimiz: «Har kechani qadr bil, har kishini Xizr bil!» – deb bejiz aytmaganlar. Faqir
ekan, qiyofasi g’arib ekan, kambag’al ekan, soch-soqoli o’sgan ekan deya, qarshingdagi
insonni xor ko’rma, balki u Xizr bo’lishi mumkin. Kechalarni g’aflatda o’tkazma, balki u
qadr kechasidir. Demak, bobokalonlarimiz har kechani qadr kechasi bilib, uni savobli
ishlar bilan o’tkazishni, Ramazonda axloqimizni tuzatib, zikru ibodatlar qilishni va ko’p
savoblarga noil bo’lishni tavsiya qilganlar.
Alloh taolo: «Menga bandalarim duo qilsalar, duolarini ijobat etaman, ixlos bilan
so’raganlarini beraman», – deb va’da bergan. Shuning uchun ham bu muborak oyda
qalbdan, ich-ichdan, astoydil dunyo va oxirat saodatini so’rab duo qilishimiz kerak.
Inshoalloh, duolarimiz ijobat bo’ladi.
Hadisi shariflardan ma’lumki, bir kishi shahidlikni orzu qilib: «Yo Alloh! Sening yo’lingda
shahid bo’lmoqchiman, Sen uchun jonimni berishga tayyorman!» – deydi. Ya’ni, vatani,
dini uchun jonini berishni xohlaydi, ammo urush yo’q, balki shahid bo’lmas, balki issiq
yotog’ida, to’shagida o’lar... Qaysi holda bo’lishidan qat’iy nazar, «jonu dildan shahid
bo’lishlikni xohlagan biror kishi issiq yotog’ida, qulay bir shaklda o’lsa ham, Alloh taolo
uni shahidlik martabasiga yetkazadi», – deb Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
hadisi shariflarida marhamat qilganlar. Demak, niyat – hammasidan ham eng
ahamiyatlisi ekan...
Yana bir narsani aytib o’tish kerak. Yaxshi bilasizlar, qurbon bayramida qurbonlik
so’yiladi, hammamiz so’yamiz. Boy-badavlat kishilar avvaldan semiz qo’chqorni tanlab,
qurbonlik qilishga harakat qiladilar. Alloh dargohida qabul etsin... «Ushbu oy kelishi bilan
qurbonlik so’yamiz, inshoalloh!» – deb oldindan niyat qilamiz. Yaxshi narsalarga
oldindan niyat qilish doimiy odatimiz bo’lib qolsin. Qurbon bayramida hamma qurbonlik