www.ziyouz.com kutubxonasi
2
yolg’iz Allohga ayon. Bir narsa aniqki, Ramazon - rahmat va mag’firat oyi, oylarning
sultoni va eng ulug’idir. Ro’za jasadga ham, ruhga ham fayz bag’ishlaydi, uni qayta
tiriltiradi. Moddiy va ma’naviy zararlardan muhofaza etadi.
Boshqa oylarga nisbatan bu oyda Allohga yaqinlashish, ulug’ ajru mukofotlarga sazovor
bo’lish imkoniyatlari ko’proq. Qadr kechasinig ming oydan afzalligi, bu kechada qilingan
ibodatning ajri ming oylik qilingan ibodatning savobidan ortiqligini bir tasavvur qilib
ko’ring! Bu oyda ixlos, samimiyat ila tavba qilsak, gunohlarimiz kechiriladi, duolar qilsak,
ijobat bo’ladi, inshoalloh! Hatto farishtalar ham bu oyda Allohning maxsus farmonini
bajarish uchun yerga tushadilar...
1
Baqara surasi, 183-187-oyatlar.
Qur’oni karim shu oyda nozil bo’ldi. Allohning Rasuli Islom diniga da’vatni shu oydan
boshladi. Shu oydan boshlab Islom dini zafarga, kuch-quvvatga, nurga to’laverdi...
Shuning uchun ham ramazon oyi va ramazon ro’zasi butun ummat tarafidan buyuk bir
muhabbat va ayricha hurmat bilan e’zozlanadi.
Bu oyda yer yuzining turli tarafidagi musulmonlar mushtarak tuyg’u va mushtarak
qarashlar bilan birlashadilar... Bir xil vaqtda ochiqadilar, chanqaydilar, jamoat bo’lib
tartibli, e’tiqodli holatda Allohga taslim bo’ladilar, muhabbat namunasini ko’rsatadilar.
Yaxshilik, xayru hasanot barchaga barobar ochiladi. Allohning afv va mag’firat
xazinasidan har bir mo’min o’z ulush va nasibasini olishga harakat qiladi. Mo’min-
musulmonlar ro’za davomida ruhlarini sabr-qanoat, mashaqqat va qiyinchiliklarda
toblaydilar, Alloh bergan ne’matlarning qadriga yetish haqida o’ylay boshlaydilar...
Shubhasiz, ro’za islomning boshqa ahkomlari va ibodatlari kabi jamiyat hayoti va
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xatmi Qur’on, tarovih va iftorliklar musulmonlarni
yanada jipslashtiradi, ularda mehr-oqibat, dinu diyonat tuyg’ularini junbushga keltiradi.
Ammo hayf va yoziqlar bo’lsin ul kishigakim, shu ulug’ oyni pisand qilmasdan, ro’za
tutmasdan muborak ramazon oyining savobi, fayzu barakotidan mahrum qoladi!
Ushbu kitob muallif tomonidan tadqiqot sifatida yozilmagan. U turli joylarda, turli
vaqtlarda ma’ruza qilingan suhbatlardan tarkib topgan. Shuning uchun ham ba’zi
o’rinlarda takroriy fikrlar uchraydi. Qolaversa, kitobxonlarga ilohiy amr va farmonni
takrorlab, uqtirib turish foydadan xoli emas.
Alloh barchamizni ro’za ibodatini mukammal va ixlos bilan ado etadigan taqvodor va
solih bandalaridan aylasin. Omin! Valhamdu lillahi rabbil olamin.