Microsoft Word Raqobat Siyosati ziyo netga


Potensial raqobatchilarning raqobat



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə38/53
tarix31.12.2021
ölçüsü1,5 Mb.
#50017
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Potensial raqobatchilarning raqobat kuchi

Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi. Bozorga kirib kelish ehtimoli katta bo’lgan potenstial raqiblar firma uchun jiddiy xavf-xatar bo‘lib, firma bu xatarni kamaytirishga urinishi, undan o‘zini himoya qilishi, kirish to‘siqlarini vujudga keltirishi lozim.

Ushbu xavfning qay darajada jiddiyligi kirish to‘siqlarining balandligiga va potenstial raqibga qaratilgan reaksiya kuchiga bog‘liqdir. Kirish to‘siqlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:



  • miqyosdan tejash, ya’ni kirib kelayotgan firmani keng ko‘lamli ishlab chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar bo‘yicha zarar ko‘rish xavfini vujudga keltirish;

  • «Kodak» va «Polaroid» firmalari o‘rtasidagi nizodagi kabi patentlar yordamidagi huquqiy himoya;

  • xaridorlarni yangi firmaning tashviqotlariga e’tibor bermaslikka undaydigan marka imijining kuchi;

  • faqat ishlab chiqarishni o‘zlashtirish emas, balki reklama xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan kapitalga bo‘lgan ehtiyojlar;

  • xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan yangi firmaning tovariga o‘tishda talab qilinadigan real yoki ruhiy qayta qurishga sarflanadigan o‘tish xarajatlari;

  • sotuv tarmoqlariga kirish: ulgurji sotuvilar yangi tovarlarni olishda juda ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, shunda yangi firma yangi tovar uchun yangi sotish kanalini tashkil qilishga majbur bo‘ladi;

  • bozorda oyoqqa turib olgan firma ega bo‘lgan tajriba samarasi va xarajatlar bo‘yicha afzallik ayniqsa qo‘l mehnati sektorlarida juda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Firmalar o‘rtasida quyidagi raqobatni o‘zgartirish variantlari mavjud:

  • Raqib firmalar sonini o‘sish bilan raqobat kuchayadi.

  • Ko‘pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi.

  • Tovarga bo’‘lgan talab sekin o’sganda raqobat kuchli bo‘ladi.

  • Qachon tarmoqda xo‘jalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qo‘llanilsa raqobat kuchayadi.

  • Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo‘lmagan

boshqasiga o‘tayotganda raqobat kuchayadi.

  • Qachon bitta yoki bir necha firmalar o‘zining bozor ulushidan qoniqmagan bo‘lsa raqobat kuchayadi.

  • Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o‘sishi bilan proporsional holda raqobat kuchayadi.

  • Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo‘lganda to‘siqlar yuqori bo‘lganda raqobat kuchayadi.

  • Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari yuqori darajada farq qiladagan bo‘lsa raqobatning borishini aytish mumkin.

O‘rinbosar tovarlar-muayyan iste’molchilar guruhi uchun muayyan funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiya asosida ishlab chiqarilgan tovarlardir. O‘rinbosar tovarlarning bozorga kirib kelishiga, masalan, fan-texnika taraqqiyoti yoki narx siyosatining o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin - mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an’anaviy pochtaning elektron aloqa tomonidan siqib chiqarilishiga sabab bo‘ldi. O‘rinbosar tovarlarning narxi tovar bozoridagi firmalar belgilashi mumkin bo‘lgan eng yuqori chegara vazifasini o‘taydi. O‘rinbosar tovarning narxi xaridorlar uchun qanchalik foydali bo‘lsa, tovar bozorida narxni ko‘tarish imkoniyatlari shunchalik cheklangan bo‘ladi (Porter).

Bu qonuniyat ayniqsa energiya bozorida yaqqol namoyon bo‘ldi va energiya manbalarining yangi turlarini ishlab chiqishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Neft bozorlarida narx-navoning ko‘tarilib borishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

O‘rinbosar tovarlar o‘sha xaridorlar guruhi uchun xuddi shu funksiyani bajaruvchi tovarlar, lekin boshqa texnologiyaga asoslangan. Bu permanent xavf yaratadi, chunki o‘rnini bosish xavfi doimo majud. Ushbu xavflar texnologik yutuqlar natijasida o‘sishi mumkin. O‘rinbosar tovarlarga bo‘lgan haqiqiy narxlar tovar bozorida harakat qiluvchi firmalar belgilashi mumkin bo’lgan eng yuqori baholarni aniqlaydi. O‘rinbosar tovarlar foydalanuvchilarni qanchalik qoniqtirsa, tovar bozorida narxlarning o’sish imkonyati shunchalik chegaralangandir.

Energoresurslar bozoridagi bunday holat energiyaning yangi manbalarini ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Neft bahosining oshib ketishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga keng yo‘l ochib beradi.

Mijozlar o‘z ta’minotchilari bilan ma’lum miqdorda savdolashish qobiliyatiga egadir. Ular firmani narxlarni pasaytirishga majbur qilib, keng xizmatlar kompleksini va yanada yaxshi to‘lov sharoitlarini talab qilib, firma u yoki bu harakatining potenstial rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin. Yaxshi sharoitlarga erishish qobiliyati darajasi qator omillarga bog‘liq:


  • markazlashgan mijozlar guruhi yoki uni xaridining hajmi ta’minotchi savdosining anchagina qismini tashkil: bu yirik sotish tarmoqlari va savdo markazlari holatidir;

  • mijoz tomonidan xarid qilinadigan tovarlar uning o‘z xarajatlarining muhim qismini tashkil etadi, bu esa uni yanada ko‘proq savdolashishga undaydi;

  • sotish tarmoqlariga kirish: yangi tovarlarni kiritishda ehtiyotkor bo‘lish

kerak, ko‘pincha yangi firmalar yangi sotish kanalini tashkil etishga majbur bo‘ladi;

  • tajriba samarasi va harakatlar bo‘yicha afzalliklar;

  • tovarlar kuchsiz differenstiyalangan va mijozlar boshqa ta’minotchilarni topishga ishonadilar;

  • ta’minotchilar almashinuvi bilan bog‘liq o‘tish xarajatlari mijoz uchun muhim emas;

  • mijoz talab, bozordagi haqiqiy narx va ta’minotchining xarajatlar to‘g‘risida etarli ma’lumotlarga ega.

Bundan kelib chiqadiki, xaridorlarni tanlash muhim strategik qarordir. Firma mijozni tanlash siyosatiga amal qilgan holda o‘z raqobat sharoitini anchagina yaxshilab olishi mumkin.

Ta’minotchilarning mijozlardan manfaatli shartlarga erishish qobiliyati shundan iboratki, ular o‘z ta’minoti uchun narxni oshirishi, ma’lum mijozga yetkazib beradigan tovarlar sifatini pasaytirish yoki hajmini chegaralash imkoniyatiga ega. Shu yo‘l bilan kuchli ta’minotchilar mijozlar harakati rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin.

Ta’minotchilarga tijorat tomonidan yordam beruvchi sharoitlar quyidagilardir:


  • ta’minotchilar guruhi mijozlar guruhiga qaraganda ko‘proq markazlashgan;

  • ta’minotchilar o‘rinbosar tovarlar tomonidan xavfni his etmaydilar;

  • firma ta’minotchi uchun muhim mijoz sanalmaydi;

  • tovar mijoz uchun muhim ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi.

Raqobatchi kuchlarni tahlil qilishni yakunlar ekanmiz, shuni ham qayd qilib o‘tish mumkinki, bozor kuchi va potenstial daromad bozordagi vaziyatga qarab juda keng diapazonda o‘zgarib turishi mumkin.

Biz daromad potenstiali juda kichik bo‘lganda va aksincha, juda yuqori bo‘lgandagi holatlarni ko‘rib chiqamiz. Birinchi holatda quyidagi vaziyat vujudga keladi:



  • tovar bozoriga kirish erkin bo‘ladi;

  • mijozlar va yetkazib beruvchilarga nisbatan bozordagi firmalar hech qanday savdolashish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar;

  • raqobatchi firmalar juda ko‘p bo‘lganligi tufayli raqobat cheklanmagan bo’ladi;

  • barcha tovarlar bir-biriga o’xshash bo’lib, o’rinbosar tovarlar ham juda ko‘p bo‘ladi.

Bu iqtisodchilar uchun juda qadrli bo‘lgan mukammal raqobatning ideal shaklidir. Daromad potenstial juda yuqori bo‘lgan ikkinchi holat uchun esa, vaziyat mutlaqo teskari bo‘ladi:

  • yangi raqobatchilarning kirib kelishiga yo‘l qo’ymaydigan qudratli to‘siqlar mavjud bo‘ladi;

  • raqobatchilar bo‘lmaydi yoki ular juda kam va kuchsiz bo‘ladi;

  • xaridorlar o‘rinbosar tovarlarga murojaat qila olmaydilar;

  • xaridorlar bosim ko‘rsata olmaydilar va narxning pasaytirilishiga erisha olmaydilar;

  • yetkazib beruvchilar yuqori xarajatlarning tan olinishiga erishish uchun bosim ko‘rsata olmaydilar.

Firma uchun ideal bo‘lgan ushbu vaziyatda firma bozorda o‘ta yuqori mavqega ega bo’ladi. Hayotiy voqelikda uchraydigan real bozor vaziyatlari esa ushbu ikki holatning oralig’ida joylashadi va raqobatchi kuchlarning o‘zaro ta’siri goh u, goh bu vaziyatga tomon yaqinlashib turadi.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin