Microsoft Word Raqobat Siyosati ziyo netga


Ishlab chiqarish texnogiyasini



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə41/53
tarix31.12.2021
ölçüsü1,5 Mb.
#50017
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Ishlab chiqarish texnogiyasini oshirish

Tajriba samarasining manbalari. Ko‘pchilik omillar tajriba egri chizig‘i bo‘ylab harakat mobaynida xarajatlarning kamayishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Bu yerda gap jami ishlab chiqarish hajmi o‘sib borgan sari ko‘nikish natijasida ishlab chiqarish jarayonining yaxshilanib borishi to‘g‘risida ketmoqda. Eybell (Eybell) va Xemmond (Xemmond) tajribaning olti xil manbaini aniqlaganlar:

    1. qo‘l mehnatining samaradorligi: ma’lum bir vazifani ko‘p martalab takrorlaydigan ishchilar ma’lum bir ko‘nikma hosil qilib, samaradorlikni oshiradigan oson va qulay usullarni o‘rganib oladilar va o‘z ishlarining ustasiga aylanadilar;

    2. ishning turlari va usullariga ixtisoslashish: ixtisoslashuv topshiriqni bajarish unumdorligini oshiradi;

    3. yangi ishlab chiqarish jarayonlari: texnologik innovatsiya, masalan, robotlashtirish yoki kompyuter orqali boshqaruv xarajatlarini kamaytirishning muhim manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin;

    4. jihozlarni samarali ishlatish;

    5. resurslardan foydalanishdagi o‘zgarishlar: ishlab chiqaruvchining tajribasi ortib borgan sari, u arzonroq resurslarni topishi, malakasizroq ishchilarni yollashi yoki ishlab chiqarishni avtomatlashtirishi mumkin;

    6. tovarning yangi konsepsiyasi: iste’molchilarning tovardan qanday xususiyatlarni kutayotganliklarini bilgan firma uni, aytaylik, kamroq resurs talab qiladigan shaklda o‘zgartirishi mumkin.

Ushbu omillarning barchasi firmaning bevosita nazorati ostida bo‘ladi. Bu ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga qaratilgan umumiy siyosatning tarkibiy qismi bo‘lib, uning maqsadi ayni shu tovarni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqarish yoki shu xarajatlar bilan yanada yaxshiroq tovarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Tajribaning faqat o‘zi xarajatlarni kamaytirmaydi, balki ularni kamaytirish uchun imkoniyatlarni yaratadi.

Xarajatlarni kamaytirish oqibatida raqobatbardoshlikni oshirishning tahlili 7.2- rasmda o‘z aksini topgan.






Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin