Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
244
alanglab Rasulullohning kelganlarink ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu
Bakrga
ishora qilib, namozni davom ettirmakni buyurdilar. Abu Bakr qo‘llarini tepaga
ko‘tarib, Ollohga hamd aytdilar-da, orqalariga tisarilib birinchi safga kelib turdilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib imrmlykni davom etirdilar. Namoz
tugagach: «Ey odamlar, sizlarga ne bo‘ldi, namoz vaqtida bir narsa bo‘lgandek
chapak
chaldingiz? Qarsak chalmoq ayollarga hos qiliqdir. Kimda-kim namozda biror narsa
bo‘lganini sezg‘aydir, «Subhonalloh» desin! «Subho-nalloh» deganda ko‘pchilikning
diqqatini tortmag‘aydir, imomning o‘zigina sezib, qarag‘aydir. «Ey Abu Bakr, imomlikni
davom ettiraveringiz! » deb ishora qilganimda nega quloq solmadingiz?»-dedilar.
Shunda Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga o‘tib
namoz
o‘qimakni Abu Bakr o‘ziga ep ko‘rmag‘aydir», - dedilar».
Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Men Oisha raziyallohu anho huzurlariga kirsam,
ular ham, odamlar ham qiyomda turib namoz o‘qishayotgan erkan. Men: «Odamlarga ne
bo‘ldi?» - dedim, Ular boshlarini irg‘ab osmonga ishora qildilar. Men: «Nima, bu oxirat
alomatkmi?» - de; dim. Ular «ha»degan ma’noda yana bosh irg‘ab ko‘ydilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib
qolganlarida uyda o‘tirgan hollarida namoz o‘qiyotgan erdilar, odamlar ul kishiga iqtido
qilib tik turib namoz o‘qishayotgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari
birlan ularga «O’tirib o‘qingiz!» deb ishora qildilar.
Namoz tugagach, odamlarga qarab:
«Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Ul ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz,
ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz!» -dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Dostları ilə paylaş: