Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
birortangizning idishingizdan it ichsa, yetti marta yuvingiz!»—deganlar».
Abu Hurayra raziyallohu anhuga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytib bergan
ekanlar: «Bani Isroil qavmidan bir kishi bir itning chanqoqdan tuproq yalayotganini
ko‘rib, mahsisida suv olib, itga ichirdi. Alloh
taolo u bandani mukofotlab, jannatga
kirgizgay».
Abdulloh ibn Umarning o‘g‘li Hamza: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zamonlarida
itlar masjidimizga kirib-chiqib yurar edi, suv bilan biror joyni yuvmas edilar»,— degan
ekanlar.
Adiy ibn Hotim raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi
va sallamdan it bilan
ov qilmoqlik to‘g‘risida so‘radi. «Agar itingni o‘zing ovga olib borsang-u, o‘ljani o‘ldirib
(tutib) bersa, yeyaverg‘il, agar iting o‘zicha tutib yeyayotgan bo‘lsa, yemagin, zero u o‘zi
uchun tutgandir»,— dedilar. «O’rgatgan itimni o‘ljaga yuborsam-u, o‘lja ustida itim bilan
boshqa itni ham ko‘rsam-chi?» — dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U
o‘ljani yemagin, chunki sen o‘z itingga tasmiya (“Bismilloh Allohu akbar”) aytgansan,
begona itga tasmiya aytmagansan»,— dedilar.
35-bob. Katta va kichik hojatdan boshqasi tahoratni sindirmaydi, deb
hisoblovchilar
Alloh taolo oyati karimasida: «Qaysi biringiz tahorat ushatsangiz (qazoi hojat qilsangiz)
tahorat vojib bo‘ladi»,— degan. Ato ibn Abu Raboh: «Orqasidan qurt yoki peshobidan
burgaga o‘xshash hashorat chiqqan kishilar qayta tahorat qiladilar»,— degan. Jobir ibn
Abdulloh bunday deganlar: «Kimki namozda kulsa, tahoratini yangilamay namozini
qaytarib o‘qiydi». Hasan Basriy: «Agar kishi soch oldirsa yoki tirnog‘ini
olsa yo mahsisini
yechsa, tahorat olmoq lozim bo‘lmaydi (oyog‘ining o‘zini yuvib oladi)»,— deganlar. Abu
Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Tahorat yel chiqmasa, sinmaydi». Jobir raziyallohu
anhu bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir g‘azotda qatnashdilar.
Bir kishiga kamon o‘qi tegdi. U kishi qon oqib turishiga qaramay, ruku’, sajda qilib,
namoz o‘qiyverdi». Hasan Basriy aytadilar: «Musulmonlar
jarohatlari bilan ham namoz
o‘qiyverar edilar». Tovus, Muhammad ibn Ali, Ato ibn Abu Raboh va Hijoz, Makka va
Madina ahli: «Qon oqsa, tahorat sinmaydi»,—deydilar. Ibn Umar yuzidagi husnbuzarni
siqdi,
qon chiqdi, lekin tahoratini yangilamadi.
Ibn Ubay qon tupurib, namozini o‘qishda davom etaverdi. Ibn Umar va Hasan Basriy:
«Qon oldirgan odam tahorat yangilamaydi, balki qon olingan joyini yuvadi, xolos»,—
dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidda
namozni kutib turgan kishi,
agar u hadas qilmagan esa, namozda turgan hisoblanadi»,—
dedilar. Shunda bir ajamiy (arab emas) kishi: «Hadas nima?» — dedi. Abu Hurayra:
«Orqadan yel chiqmog‘i»,— dedilar.
Ibod ibn Tamimning amakisidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «To kishi yel
ovozini eshitib, hidini sezmaguncha, namozini buzmasin!» — dedilar.
Muhammad ibn Hanafiyadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Shahvati ko‘p odam edim,