Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
«Fahm risolasi» va mana bu sahifadagi narsa bordir»,— dedilar. Abu Juhayfa dedi: «Bu
varaqdagi nima?» Ali dedilar: «Xun hukmi, asirni ozod qilmoq va kofir uchun
musulmondan qasos olmoqning haromligi (to‘g‘risida)».
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Makka fath qilingan yili Xuzo’a qabilasi Bani Lays
qabilasidan bir kishini o‘ldirdi (johiliyat davrida qabiladoshlaridan bir kishini o‘ldirishgani
uchun qasos olishdi). Bu xabar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetkazildi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyalariga minib va’z aytdilar: «Alloh taolo
Makkayu Mukarramadan o‘limni bartaraf qildi (yoki fil askarlarini), Rasululloh sollallohu
alayhi va sallamning hamda mo‘‘minlarning qo‘lini
baland aylab, ularni mag‘lub etdi.
Ogoh bo‘lingiz! Makkada urush qilmoq va o‘ldirmoq mendan avval ham biror kishiga
ruxsat etilmagandir (halol bo‘lmagandir) va mendan keyin ham biror kishiga ruxsat
qilinmaydi (halol bo‘lmaydi). Kunduzi bir soatgagina (halol bo‘ldi) izn berildi, urush
qilmoq va o‘ldirmoq shu soatdan e’tiboran haromdir (man’ etiladi). Makkaning tikani
ham yulinmaydi,
daraxti ham kesilmaydi, tushib qolgan (yo‘qotilgan) narsasi ham
olinmaydi, faqat odamlarga ma’lum qilmoq uchun olinadi. Kim o‘ldirilgan bo‘lsa, uning
qarindoshi ikki yo‘ldan birini tanlaydi,"yo xunini oladi, yo qasosini oladi». Yamanliklardan
biri kelib: «Yo Rasulalloh, menga yozib bering!»—dedi. Rasululloh: «Falonchiga
yozib
beringiz!»—dedilar. Quraysh qabilasidan bir kishi dedi: «Yo Rasulalloh, tikanlari
yulinmaydi, daraxtlari kesilmaydi dedingiz, biroq izxir (xushbo‘y o‘simlik) o‘rilsa, mayli
deng! Yo Rasulalloh, biz izxirni o‘rib, uylarimizga olib
boramiz va qabrlarimizga
qo‘yamiz». Rasululloh: «Izxir o‘rilsa, mayli»,— dedilar».
Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari orasida
hadislarni mendan ko‘ra ko‘proq biladigan kishi yo‘qdir. Yolg‘iz Abdulloh ibn Amrgina
ko‘proq bilar edi, chunki u yozishni bilardi, men esa bilmas edim».
Ibn Abbos bunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (og‘riq) kasallari
zo‘raygach: «Qog‘oz keltiringiz (daftar-qalam), sizlarga
biror narsa yozib beraman, keyin
adashmaysizlar»,— dedilar. Hazrat Umar (yonidagi sahobalarga): «Rasululloh sollallohu
alayhi va sallamni (og‘riq) dard yengib qo‘ydi, bizda Allohning Kitobi bor-ku, bizga shu
kifoya qiladi»,— dedilar. Shunda sahobalar o‘rtasida g‘ovur-g‘uvur boshlanib, gap
ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni xoli qo‘yingiz (oldimdan
chiqingiz), mening qoshimda janjal qilmangiz!» dedilar. Ibn Abbos tashqariga chiqib:
«Bu zo‘r baxtsizlikdir, Rasululloh sollallohu alayhi
va sallamning yozib beramen, degan
narsalariga to‘sqinlik qilmoq — zo‘r baxtsizlikdir!» — deb aytdilar.
Dostları ilə paylaş: