Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
395
to kun botguncha namoz o‘qilmasin! 4)Uchta masjid - Masjid ul-Harom, Masjid ul-Aqso
va mening masjidlarimdan (ya’ni, Masjid un-Nabiydan) o‘zga masjidlarga tavof qilmak
niyatida safar qilinmasin!
66-bob. Tashriq kunlari ro‘za tutmoq haqida
Hishom raziyallohu anhu: «Oisha raziyallohu anho ham, otalari (Abu Bakr) ham Tashriq
kunlari ro‘za tutmak qurbonlikka jonliq so‘ymakka qurbi
yetmaganlargagina ruxsat
etildi»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Bir yo‘la haj va umra qilmakni niyat aylab, ehrom
bog‘laganlar, arafa kunigacha umra qilgan bo‘lsalar-u,
lekin qurbonlikka jonliq
so‘ymakka qurbilari yetmagan bo‘lsa, hamda ro‘zani hayit kunigacha tutishmagan bo‘lsa,
Tashriq kunlari ro‘za tutmaklari kerak bo‘lg‘aydir»,- deydirlar.
Dostları ilə paylaş: