Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild


§

9
$
#
É
ΟŠ
Ï
m
§

9
$
#
 
TAYAMMUM KITOBI
Alloh taolo Qur’oni Karimda: 
«Suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum 
qilingiz, yuz-qo‘llaringizga surtingiz»
, deydi (Hanafiyya ulamolari: «Agar 
tayammum qilguvchi kishi taqir toshg‘a shapalog‘ini urib, yuzig‘a ishqasa va yana urib 
qo‘llarig‘a ishqasa, kifoyadir», deyishadi). 
Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha onamizdan: «Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam bilan birga bir safarga (hijriy 6-nchi yil) chiqdik. Baydo’ yoki 
Zotul-Jaysh degan joyga borganimizda marjonim uzilib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi 
va sallam uni qidira boshladilar. Odamlar ham to‘xtashdi. To‘xtagan joylarida suv yo‘q 
edi. Shunda odamlar Abu Bakr Siddiqqa kelib: «Ko‘rmaysizmi Oishaning qilgan ishini
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni, ham shuncha odamni to‘xtatib qoldi, vaholanki, 
odamlar suvi bor joyda ham emaslar, o‘zlarida ham suv yo‘q», dedilar. Abu Bakr Siddiq 
(yonimizga) keldilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshlarini tizzamga qo‘yib, 
uxlab qolgan edilar. Otam Abu Bakr Siddiq menga: «Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamni va odamlarni to‘xtatib qolding, ular suv bor joyda ham emaslar, o‘zlarida ham 
suv yo‘q», deb qattiq urishdilar Alloh xohlaganicha nima desalar, dedilar va belimga 
nuqiy boshladilar. Rasululloh boshlarini tizzamga qo‘yib yotganlari uchun men 
qimirlamaslikka intilar edim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tong saharda turdilar. 
Atrofda suv yo‘q edi, odamlar: «Tahoratsiz qanday bomdod o‘qiymiz?» deb tortishdilar. 
Shunda Alloh taolo: «Tayammum qilingiz!» deb «Tayammum oyati»ni nozil qildi. Usayd 
ibn Huzayr (taajjubdan): «Ey Abu Bakr avlodi, bu sizning birinchi barakotingiz emas 
(ya’ni, bundan avval ham siz tufayli Alloh taolo bizni barakotidan darig‘ tutmagan)», 
dedilar. Men mingan tuyani turg‘izgan edim, tagidan marjonim chiqdi» 
Jobir ibn Abdulloh Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar, deb 
aytadi: «Alloh taolo tomonidan menga ilgarigi payg‘ambarlarning birortasiga ham ato 
qilinmagan 5 ta imtiyoz berilgan: 
1. Dushmanlarim qalbiga (men) bir oylik masofada turganimdayoq, Alloh tomonidan 
qo‘rqinch solinib, g‘olib etilaman. 
2. Yer yuzi menga namozgoh qilingan va suv yo‘q bo‘lganda tahorat vositasi qilingandir. 
Ummatimning qaysi biriga namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelib qolsa, o‘sha yerda 
o‘qiyversin! 
3. O’ljalar menga halol qilingandir. Mendan avvalgi hech bir payg‘ambarga halol 
qilinmagan edi. 
4. Menga shafoat qilmoqlik (qalbida zarracha iymoni bor ummatni do‘zaxdan olib 
chiqmoqlik) huquqi berilgandir. 
5. Ilgarigi har bir payg‘ambar faqat o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborilgan edi. Men 
esam (Yer yuzidagi) odamlarning hammasiga payg‘ambar qilib yuborilganman». 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin