Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
99
ekanlar. Buni bizga Abu Bakr aytdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey, Abu
Bakr, yig‘lamangiz! Siz molini ham, ezgu so‘zini ham
mendan ayamagan eng yaxshi
odamdirsiz! Agar Ollohdan boshqa yana ummatlarimdan biror kishini ham o‘zimga xalil
(eng yaqin do‘st) tutmog‘imga ijozat bo‘lg‘ay erdi, Abu Bakrni do‘st tutar erdim. Ammo
bu mumkin emasdir. Islom birodarligi va islom do‘stlig‘igina mumkindir. Uydan masjidga
qaratib ochilgan darchalarning
birortasi ham qoldirilmay, urib tashlansin! Faqat Abu
Bakrning darchasigina qolsa, basdir!»—dedilar».
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam vafotlaridan oldingi
kasallik paytlarida boshlarini mato birlan boglab chiqdilar, Minbarga o‘tirib, Ollohga
hamdu sano aytdilar. So‘ng: «Abu Bakrdan ko‘ra ko‘proq molu
jonini menga fido qilgan
inson yo‘q! Agar odamlar orasidan o‘zimga xalil (eng yaqin do‘st)tutadirg‘an bo‘lsam,
Abu Bakrni tutar erdim. Lekin Ollohnigina eng yaqin do‘st tutmoq mumkindir. Shu
boisdan insonlarga islom do‘stligi afzalroqdir. Masjid ichidagi Abu Bakrning darchasidan
boshqa barcha darchalarni urib tashlangiz!» — dedilar».
Dostları ilə paylaş: