Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
112
9-bob. Safar chog‘ida peshinni salqin tushganda o‘qimoq haqida
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga safarda erdik. Muazzin peshinga azon aytmoqchi bo‘ldi. Nabiy sallallohu alayhi va 
sallam: «Salqin tushmog‘ini kutg‘il!» — dedilar. Keyin, yana aytmoqchi bo‘luvdi: 
«Tepaliklar yonida soya paydo bo‘lganini ko‘rmagukimizcha, kutib turg‘il!»— dedilar-da, 
«Jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir, agar kun qattiq isib ketsa, namozni salqin 
tushganda o‘qingiz!» — deb qo‘shib qo‘ydilar». 
10-bob. Kun oqqanda peshin o‘qimoq haqida
Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kun qattiq qizigan paytda 
namoz o‘qir erdilar»,— deydilar. 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
kun oqqanda chiqib, peshin o‘qidilar. So‘ng minbarga chiqib, qiyomat haqida va o‘shal 
kuni bo‘ladirgan buyuk ishlar to‘g‘risida eslab, so‘zladilar. Keyin: «Kimki biror narsa 
to‘g‘risida so‘ramoqchi ersa, so‘rasin, ko‘zim ochiqligida ilgari men sialarga aytib 
bermaganim narsalar xususinda so‘rab qolingiz!» — dedilar. Shunda odamlar yig‘idan 
o‘zlarini tiya olmadilar, Janob Rasululloh bo‘lsalar, nuqul: «So‘rab qolingiz!» — der 
edilar. 
Ittifoqo, Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy o‘rnidan turib: «Mening otam kimdir?» — dedi. 
Janob Rasululloh: «Otang Huzofadir»,— dedilar, keyin: «Yana so‘rangiz!» — deb 
takrorlayverdilar. Shunda Umar tiz cho‘kib turib: «Biz Ollohni rabbimiz deb, islomni 
dinimiz deb, Muhammadni payg‘ambarimiz deb tan oldik»,— dedi-da, jim qoldi. Janob 
Rasululloh: «Hrzirgina menga mana shul devor tomonda jannat birlan do‘zax ko‘rsatildi, 
men bunchalik yaxshilig‘ va yomonlig‘ni ko‘rmagan erdim»,— dedilar». 
Abu Barza raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
bomdodni har birimiz yonimizdagi namozxonni taniydirgan darajada havo yorishganda 
o‘qir erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur erdilar. Peshinni kun oqqanda, 
asrni ersa, birortamiz shaharning eng chekxasiga borib qaytganimizda ham kunning tafti 
hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar». 
Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Barza shom haqida ne deganin 
bilmasman, yodimdan chiqibdir, lekin u «Janob Rasululloh xuftonni tunning uchdan bir 
qismini o‘tkazib o‘qiyverar erdilar»,— degandi, keyin yana: «Tun yarim bo‘lganda»,— 
deb qo‘shib ham qo‘ygandi». 
Anas ibn Molik: «Jazirama issiq kunlari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido 
qilib peshin o‘qisak, peshonamiz yer taftidan kuyib qolmog‘idan qo‘rqib, kiyimimizga 
sajda qilur erdik»,— deydilar. 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin