Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
247
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Otam (jangda) o‘ldirilgach, yuzlariga yopib 
qo‘yilgan kiyimni yig‘lab-siqtab ocha boshladim. Sahobalar meni yig‘idan tiymoqqa 
intilishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, meni yig‘idan tiymadilar. Ammo, 
Fotima ham yig‘lay boshladilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Yig‘lasang ham, yig‘lamasang ham, maloikalar to qabrga olib borgunlaricha qanotlari 
birlan soya solib turg‘aydirlar»,- dedilar». 
4-bob. Vafot etgan odamning tepasida bo‘lgan kishi uning oilasiga shaxsan o‘zi 
xabar yetkazmog‘i joiz
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallam 
Najoshiy vafot etgan kuni sahobai kiromlariga shaxsan o‘zlari xabar berdilar, keyin 
sahobalari birlan namozgohga chiqib, saf tortib, to‘rt marta takbir aytib (g‘oyibona) 
janoza o‘qidilar». 
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘zlari jiqqa 
yoshga to‘lib: «(Jangda) bayroqni Zayd qo‘lida tutib borar erdi, shahid bo‘ldi, so‘ng 
bayroqni Ja’far qo‘liga oldi, ul ham shahid bo‘ldi, keyin bayroqni Abdulloh ibn Ruvoha 
oldi, ul ham shahid bo‘ldi. Bayroqni Xolid ibn Valid qo‘liga oldi, zafar bizga yor bo‘ldi»,- 
dedilar bir necha qayta». 
5-bob. Janozaga chaqirmoq
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidda xizmat 
qilib yurguvchi bir kishining janozasini o‘qib, ko‘mib yuborishganda): «Meni chaqirsangiz 
bo‘lmasmidi?» - dedilar». 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir 
odamni kasalligida borib ko‘rib kelib turardilar. O’sha kishi kechasi vafot etib qoldi. 
Sahobalar uni o‘sha kechasiyoq dafn qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 
ersa, tongda xabar berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga 
uning vafot etgani to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilmog‘ingizga ne mone’lik qildi?»-
dedilar. «Kechasi bo‘lgani uchun sizni qiynab qo‘ymoqni istamadik»,- deyishdi. Keyin, 
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha kishining qabriga borib janoza 
o‘qidilar». 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin