40-bob. Boshiga musibat yetganda xafaligani bildirmagan kishi Muhammad ibn Ka’b: «Jaza’ so‘zi - yomon so‘z aytish va yomon xayolga borish hamda
Olloh taolo oxiratda beradirgan yaxshilig‘lardan noumid bo‘lish, demakdir»,- deganlar.
Ya’qub alayhissalom: «Men o‘z dardu qayg‘umni yolg‘iz Ollohning o‘ziga izhor
qilg‘aydirman» ,— deganlar.
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abu Talhaning o‘g‘li kasal bo‘lib, vafot
etgandi. Ushanda Abu Talha tashqarida yurgan erdi. Xotini o‘g‘lining o‘lganini ko‘rib,
mayyitga kerak bo‘ladirgan ayrim narsalarni tayyorlab, uyning bir chekkasiga olib borib
qo‘ydi. Abu Talha uyga kirib: «Bolaning ahvoli nechuk?»-deb so‘radi. Xotini: «Bir oz
tinchib qoldi, orom olib uxlayotgan bo‘lsa kerak»,- dedi. Abu Talha xotini rost aytayapti,
deb o‘yladi. O’sha kecha yotib, erta bilan turib g‘usl qildi. Keyin, uyidan chiqib ketmoqchi
bo‘lganida, xotini bolasining vafot etganini aytdi.
Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qib bo‘lgach, xotini
birlan o‘zi o‘rtasida bo‘lgan voqeani aytib berdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Shoyadki, Olloh taolo ikkalangizning ham tuningizga barakot bersa (ya’ni, Olloh
farzand bersa)!» - dedilar. Sufyon raziyallohu anhu: «Ansoriylardan bir kishi Abu
Talhaning xotini to‘qqizta bola ko‘rganini, ularning hammasi Qur’on tilovat qilmakka
mohir bo‘lganini menga aytdi»,- deydilar».
41-bob. Boshiga musibat tushgan dastlabki vaqtlarda sabru toqat qilmoq haqida Hazrat Umar raziyallohu anhu rivo,yat qiladirlar: «Adolat ham yaxshi, buning evaziga
olinadirgan savob ham yaxshidir! Shundoq odamlar bordirki, boshlariga musibat
tushganda: «Inno li-l-lohi va inno ilayhi roji’un» (Biz Ollohning bandalaridirmiz va
hammamiz uning dargohiga qaytib borg‘aymiz) deb aytishadi. Ana shundoq deydigan
insonlarni Olloh taolo yarlaqaydir va ulardan rahmatini darig‘ tutmaydir, ana shundoq
insonlar hidoyatga erishgan bandalardir! Olloh taolo bu xususda bundoq deydir: «Va-
sta’iynuu bi-s-sabri va-s-saloti va innaho la-kabiyratun illo ala-l-xoshi’iyn» (sabru toqat
qilsangiz, namoz o‘qisangiz, dardu alamingiz yozilg‘aydir, darhaqiqat, sabru toqat qilmoq
hamda namoz o‘qimoq Ollohdan qo‘rquvchilardan o‘zgalargagina amri maholdir!).
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullox sallallohu alayhi va sallam:
«Boshiga musibat tushgan dastlabki vaqtlarda sabru toqat qilmoq ko‘proq savoblidir»,-
deganlar».