56-bob. Makkaga kelganda tavof qilmoqni Qora Toshni o‘pishdan boshlamoq va uch marta lo‘killab yugurmoq to‘g‘risida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam Makkaga kelib, eng avvalo Qora Toshni o‘par erdilar, so‘ng yetti marta o‘rniga
uch marta Ka’bani lo‘killab yugurib aylanib chiqar erdilar».
57-bob. Haj va umrada lo‘killab yugurmoq haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam haj va
umrada uch marta lo‘killab yugurib, to‘rt marta yurdilar».
Abu Aslam rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Qora Toshga xitob qilib:
«Ammo, xudo haqqi, men sening foydang ham, zararing ham yo‘q bir tosh erkanlig‘ingni
bilurmen. Agar, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning seni o‘pib, tavof qilganlarini
ko‘rmaganimda, men ham seni o‘pib tavof qilmas erdim»,-dedilar. Keyin, Qora Toshni
o‘pib tavof qildilar-da, «Lo‘killab yugurmoq bizga ne bo‘libdir! Darhaqiqat, (bir paytlar)
lo‘killab yugurmoq birlan biz mushriklarga o‘zimizning baquvvat ekanligimizni ko‘rsatib
qo‘ygan erdik, keyin ularni Olloh taolo halok qildi, endi lo‘killab yugurmoqqa hojat
bo‘lmasa-da, biz Janob Rasulullohdan qolgan odatni tark etmoqni istamasmiz»,-
dedilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bu ikki ustunni o‘pib
tavof qilganlarini ko‘rganimdan buyon men ham ularni o‘pib tavof qilmoqni
qo‘ymasmen»,- dedilar. Ubaydulloh Nofi’ga: «Ibn Umar ikki rukn orasida yurib tavof
qilurmi erdi?» -dedilar. Nofi’: «Ularni o‘pib tavof qilmoq maqsadidagina yurar erdilar» ,—
dedilar.
58-bob. Ustunni hassa birlan silab tavof qilmoq haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da tuya
mingan holda ustunni hassalari birlan silab tavof qildilar» ,— deydilar.
59-bob. Yamaniy ikki ustundan boshqasini o‘pib tavof qilmagan odam xususida Abushsha’so rivoyat qiladirlar: «Ka’badagi har bir narsaga taqvo ko‘zi birlan qaragan
kishi kim erdi? Muoviya u yerdagi hamma ustunlarni o‘pib tavof qilar erdilar. Ibn Abbos
raziyallohu anhu Muoviyaga: «Anavi ikki ustun o‘pib tavof qilinmag‘aydir»,- deganlarida,
Muoviya: «Baytullohda tavof qilinmaydirgan narsaning o‘zi yo‘qdir!» - dedilar. Ibn
Zubayr raziyallohu anhu ham u yerdagi ustunlarning barchasini o‘pib tavof qilar erdilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning
Baytullohdagi ikki yamaniy ustundan boshqasini o‘pib tavof qilganlarini
ko‘rmagandirman»,- deydilar.