28-bob. Fidya uchun bir qo‘y qurbonlik qilinadir Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Ka’b ibn Ujraning boshidan yuziga bit o‘rmalab turganini ko‘rib: «Seni bit bezovta
qilayotirmi?»-dedilar. Ka’b: «Ha»,- dedi. Janob Rasululloh unga sochini oldirmoqni
buyurdilar. Shunda ular Hudaybiyada turishgan bo‘lib, ehromlarini shu yerda yechish-
echmasliklari aniq emas erdi, chunki ular Makkaga kirmoq niyatida erdilar. Shu payt,
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
360
Olloh taolo fidya haqidagi oyati karimasini nozil qildi. Mazkur oyatga binoan, Janob
Rasululloh olti miskinni bir farq taom birlan to‘ydirmoqni yokim bir qo‘y qurbon qilmoqni
yohud uch kun ro‘za tutmoqni buyurdilar».
29-bob. Olloh taoloning «... shaloq so‘z... (aytilmagaydir)» degan kalomi sharifi xususida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Ka’baga haj qilgan kishi shaloq so‘z aytmay, buzuqlik qilmay, onasidan tug‘ilgandek
pok bo‘lib qaytsin!» - dedilar».
30-bob. Olloh taoloning «Hajda buzuqlik ham, janjal ham bo‘lmasin!» degan kalomi sharifi xususida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam:
«Baytullohga haj qilgan kishi shalq so‘zlamay, buzuqlik qilmay, onasi tuqqan kundagidek
pok bo‘lib qaytsin!» - dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
361
É
Ο
ó
¡
Î
0
«
!
$
#
Ç
⎯≈
u
Η
÷
q
§
9
$
#
É
ΟŠ
Ï
m