Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
omonatga olgan edilar. Uni yo‘qotib qo‘ydilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam qidirgani odam yubordilar, keyin u topib keldi. Shu asnoda namoz vaqti bo‘ldi,
odamlar atrofda va o‘zlarida suv bo‘lmaganligidan tahoratsiz namoz o‘qidilar. Buni
ko‘rib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga shikoyat qildilar. Shunda Alloh taolo:
«Tayammum oyati»ni nozil qildi. Usayd ibn Huzayr Oisha onamizga: «Alloh
sizga
yaxshilik ato etsin, Allohga qasamki, siz xushlamagan narsa nozil qilingani yo‘q, zero
buni Alloh taolo sizni va
barcha musulmonlarni deb qildi, bundan faqat yaxshilik
ko‘zlangandir», dedilar».
2-bob. Bir joyda o‘tirib qolgan odam suv topmay namozi qazo bo‘lishidan
qo‘rqsa, tayammum qiladi
Ato raziyallohu anhu ham bu haqda shu fikrni bildirganlar: «Kasal kishi suvi bo‘la turib,
uni quyib
beradigan yordamchi topmasa, tayammum qiladi. Bir kuni Ibn Umar Jurf
degan joydagi yeridan kelayotib, bir qo‘yxona yoniga kelganda asr vaqti kirdi.
Tayammum bilan asr o‘qidi.
Keyin Madinaga kirib keldi, quyosh botmagan edi, asrni
qaytarib o‘qimadi», deganlar Hasan Basriy.
Al-A’rajga Ibn Abbosning ozod qilingan quli Umayr bunday degan ekan: «Men va
Maymuna onamizning ozod qilingan quli Abdulloh ibn Yasor
Abu Juhaym ibn al-Hars ibn
as-Simmanikiga bordik. Abu Juhaym bizga quyidagini aytib berdi: «Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam Bi’ru Jamal tomondan keldilar. Shunda u kishiga bir odam yo‘liqib salom
berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam alik
qaytarmasdan devorga borib
tayammum qildilar, yuzlariga va ikki qo‘llariga surtdilar, shundan so‘ng
u kishiga alik
oldilar».
Dostları ilə paylaş: