Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Ibn Mas’ud raziallohu anhu aytganlar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga malol
kelmasin deb, va’z aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo’ygan edilar.
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam:”Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz! Xushxabar aytingiz,
qiziqtiringiz, nafratlantirmangiz(o’zingizdan bezdirmangiz)!”-deganlar”
13-bob. Ilm o’rganuvchilar uchun ma’lum kunlarni belgilagan kishi to’g’risida.
Abdulloh ibn Mas’ud odamlarga payshanba kuni va’z aytar edilar.Bir
kishi ularga
dedi:”Ey Abdulloh, har kuni va’z aytishingizni juda ham istardim”.
Abdulloh
dedilar:”Sizlarga malol kelib qolishini istamasligim kunda va’z aytishdan meni
qaytaradir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizlarga vaqti-vaqti bilan va’z
aytganlaridek,men ham sizlarga vaqti-vaqti bilan va’z ayturmen”.
14-bob. Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih qilgay
Muoviya raziyallohu anhu xutbada turib ushbu so‘zni Rasulullohdan eshitganman, deb
aytdilar: «Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih (din olimi) qilgay,
qasamyod
qilib aytamanki, Alloh buni menga nasib aylaydi. Islom ummati Haq dini
yo‘lida sobit bo‘lsa, toki Alloh taoloning o‘zi
istamas ekan, ularga dushmanlik
qilayotganlarning zarari tegmaydi».
15-bob. Ilmni fahmlash (teran tushunish)
Mujohid bunday deganlar: «Ibn Umar bilan Madinaga birga ketdim. Yo‘lda
u Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam hadislaridan bittasini aytib berdi. U bunday dedi: «Rasululloh
yonlarida edik, xurmo yog‘i keltirib qoldilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam: «Daraxtlar
orasinda bir daraxt bordir, u musulmonga o‘xshaydi»,— dedilar. Men:
«Xurmo»,— deb aytmoqchi bo‘ldim-u, lekin hammadan yosh bo‘lganim uchun
indamadim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlari: «Bu xurmo daraxtidir»,—
deb aytdilar».
Dostları ilə paylaş: