Narxning franko-ombor haridor turida mol yetkazib beruvchi ko`rsatilgan harajatlardan tashqari
haridorning stansiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va omboriga yetkazib berish
ishlari bo`yicha harajatlani to`laydi (koplaydi).
Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan to`lov turi frankostansiya jo`natish
hisoblanadi.
Xo`jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo`jalik munosabatlari o`rnatish xaqidagi o`zaro
kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqdarini belgilovchi asosiy hujjat
hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan shartnoma shartla-ri ko`rib
chiqilishi va ularga o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan
nomenklaturadagi mahsulot jo`natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u xolda ushbu
korxona raxbarla-riga nisbatan jazo choralari qo`llaniladi. Demak, shartnoma bilan
rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma korxona xodimlari uchun bajarilishi shart bo`lgan
qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish unumdorligiga
erishishni taominlaydi.
Belgilangan muddatda mahsulot jo`natish rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to`lash
chorasi qo`llaniladi. Jarima miqdori mahsulot jo`natish shartlariga qarab aniqlanadi.
Mahsulot ombordan haridor-korxona vakili ishonchnomasi asosida jo`natiladi va bunday
tovar transport nakladnoy hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Baho preyskurantida taralar qiymatini
to`lash tartibi, molni tashish bilan bog`liq bo`lgan transport harajatlarining kancha summasi
molning ulgurji bahosiga qo`shilganligi ko`rsatiladi. Transport uchun harajatlarning mol
sotuvchi korxona uchyotidan qancha qismi to`lanishi kerakligini bilish uchun «franko»
atamasidan foydalaniladi. Amalda «molni qabul qilib olish stansiya franko», «molni jo`natish
stansiya franko» baxolari qullaniladi, «Molni qabul qilib olish stansiya franko» bahosi tovarlarni
tashish bilan bog`liq transport harajatlari mol sotuvchi korxona tomonidan to`lanishini bildiradi,
chunki bu harajatlar tovarning ulgurji bahosida hisobga olingan. «Molni jo`natish stansiya
franko» bahosi belgilangan stansiyagacha to`langan temiryo`l harajatlari to`lov-talabnomasida
ko`rsatilgan bo`ladi va u haridor korxonalardan undirib olinadi. Haridor korxonalarga jo`natilgan
tovarlar buxgalteriya uchyoti schetlar rejasidagi 45-«Jo`natilgan tovarlar» schetida hisobga
olinadi.
Ombordan haridorlarga jo`natilgan tovar qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
D-t- 45-«Jo`natilgan tovarlar» scheti.
19
K-t- 40-«Tayyor mahsulot» scheti.
Jo`natilgan tovarlarning analitik uchyoti o`z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob
hujjatlari bo`yicha, to`lash muddati yetgan va to`lash muddati yetmagan hisob-kitob hujjatlari
bo`yicha aloxida hamda to`lashga qabul qilinmagan, masg`ul saqlashda bo`lgan jo`natilgan
tovarlar aloxida hisobga olinadi.
Jo`natilgan tovarlar schetining debet tomonida jo`natilgan Tayyor mahsulotlar qiymatidan
tashqari, chetga bajarilgan ish va xizmatlar qiymati, kapital qurilish bo`limi, ishlab chiqarishga
taalluqli bo`lmagan ishlab chiqarish va xo`jaliklar uchun bajarilgan ish hamda xizmatlar qiymati,
sotishga mo`ljallangan ortiqcha materiallar qiymati va boshqalar ham aks ettiriladi. Jo`natilgan
tovarlar analitik uchyotida sanoat harakteridagi Tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar,
yerdamchi qishloq, xo`jaligi mahsulotlari, sanoatga taalluqli bo`lmagan bajarilgan ish va
xizmatlar, masg`ul saqlashga qabul qilingan mahsulotlar aloxida-aloxida hisob qilinadi.
Mahsulot sotilgandan so`ng sotilgan mahsulot qiymati 45-schet kreditidan 46- schet debetiga
yoziladi. Joriy hisobda jo`natilgan tovarlar reja tannarxi yeki ulgurji narxda baxolanishi mumkin.
Korxona mablag`arining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan tugallanadi. Yuqorida
ko`rsatib o`tilgandek, korxona faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardan biri bu tovar
mahsulotining sotilish ko`rsatkichidir. Hisobot oyda mahsulot sotilishi bilan bog`liq,
operatsiyalar bo`yicha sotilgan mahsulot turlarining soni, mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi va
sotilgan olingan moliyaviy natijani aniqlash buxgalteriya uchyotining muhim vazifasi
xisoblanadi.
Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqdlangan va 1998 yil
1 yanvardan boshlab amalda qo`llash uchun tavsiya etilgan O`zbekiston Respublikasi Soliq,
kodeksining 10- moddasiga va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq
kumitasining 1998 yil 4 yanvardagi 1998 yilda korxona va tashkilotlarni soliqka tortish tartibida
o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi xatiga binoan ham yuridik shaxslar daromadlaridan
oliyadigan soliq hisoblash usuliga ko`ra amalga oshiriladi. Bunga ko`ra korxona va muassasalar
jo`natilgan mahsulot, bajarilganish va xizmatlar yuzasidan, ushbu mahsulot, ish va xizmatlar
qiymatini to`langan vaqti hamda xaqiqatan pul kelib tushishidan kathiy nazar, jo`natilgan
mahsulot, ish va xizmatlar qiymatidan davlat byudjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya
uchyotida o`sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Demak, yuqorida aytilganlar asosida
shunday xulosa chiqarish mumkinki, xozirgi xo`jalik yuritish sharoitida, 1998 yil 1 yanvardan
boshlab korxona va muassasalarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar
pulning qachon kelib tushishidan katoiy nazar ular haridor korxonalarga jo`natilgan vaqtdan
boshlab realizatsiya qilingan deb hisoblanadi. Mahsulot (ish, xizma) sotish shu nom bilan
ataluvchi 46-schetda hisobga olinadi.
20
«Mahsulot (ish, xizmat) sotish» schetining xususiyati shundan iboratki, uning debetida
xaqiqiy harajatlar summasi, kreditida esa tushum summasi ko`rsatiladi va schet hisobot oyi
oxirida «Foyda va zararlar» scheti bilan yepiladi, Bu xususiyat 46-schet oborotlari o`rtasidagi
farq orqali korxona xo`jalik faoliyatining moliyaviy natijasini hisoblash imkonini beradi. Debet
bo`yicha oborot summasining ko`pligi korxona faoliyati natijasidan zarar ko`rilganligini, kredit
bo`yicha oborot summasining ko`pliga foyda olinganligini bildiradi.
Agar mahsulot (ish, xizmat)ni topshirish (jo`natish) realizatsiya qilindi deb hisoblangan vaqt
bo`lib hisoblansa, unda 62-«Haridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» schetidan
foydalaniladi. U aktiv schet bo`lib, uning qoldig`i buyurtmachiga topshirilgan, lekin puli
to`lanmagan mahsulot, ish va xizmatning sotish bahosini hamda debet bo`yicha oborot - hisobot
oyidagi topshirilgan mahsulot, ish va xizmatlarning jo`natish qiymatini, kredit bo`yicha oborot -
hisobot oyida haridorlar tomonidan to`langan summani bildiradi.
Aloxida schetlarda asosiy vositalar (47-«Asosiy vositalarning sotish va boshqa ko`rinishdagi
hisobdan chiqarishlar» scheti) hamda boshqa aktivlar (48-«Boshqa aktivlar sotish») sotish
natijalari hisobga olinadi va aniqlanadi.
40, 45, 46, 47, 48,
62-
schetlarning krediti bo`yicha oborotlarni va 45, 46-schetlarning
analitik maolumotlarini aks ettirish uchun mo`ljallangan 11-jurnal-orderning sintetik
ko`rsatkichlari asosida ortib jo`natish va realizatsiya uchyoti tashkil qilinadi. 11-jurnal-order 15
va 16-vedomostlarning analitik maolumotlari asosida to`ldiriladi. Shuni bilish muhimki, 45 va
4b-schetlarning analitik maolumotlari 11-jurnal-orderda haqjiy tannarx, hisob narxlari, takdim
etilgan schet summalari bo`yicha va qo`shilgan qiymat solig`ini aks ettirish bilan oborotda
nafaqat hisobot oyi uchun, balki yil boshidan bo`lgan xolda keltiriladi.
11-jurnal-orderning analitik maolumotlari bo`yicha foyda summasiga quyidagicha
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish.
K-80-«Foyda va zararlar»
D-40 «Tayyor mahsulot»
K-20 «Asosiy ishlab chiqarish»
D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish»
K-40 «Tayyor mahsulot»
D-62 «Haridor va byurtmachiliar bilan hisob kitoblar»
K-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish.
D-51-«Hisob kitob scheti»
K-62 «Haridor va byurtmachiliar bilan hisob kitoblar»
D-80-«Foyda va zararlar»
21
K-26 «Davr harajatlari»
D-46 «Mahsulot (ish xizmat) sotish.
K-80-«Foyda va zararlar»
Dastgox ishlab chiqaradigan zavod bo`yicha 199 yilning dekabr oyi uchun 11-jurnal-order
Schet krediti
Schet debeti
40
45
46
68
Jami
45-«Jo`natilgan tovarlar»
4b-«Mahsulot (ish, xizmat) sotish»
51-«Hisob-kitob scheti»
432800
442940
9600
565300
160972
432800
442940
735872
Jami
432800
452540
565300
160972
1611612
Dostları ilə paylaş: |